Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko yozda jamoasini o'zgartirmaydi, deb xabar beradi AS.
Manbaning ma'lumotiga qaraganda, ispaniyalik futbolchi zahira o'yinchisi bo'lishga rozi bo'lgan. Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchiga ishochn bildirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, 27 yoshli futbolchi joriy mavsum “Real” safida 36 ta o'yinda maydonga tushdi (barcha turnirlarda) va oltita gol va bitta golga hammualifflik qildi.