“Tottenxem” “Real Madrid” yarim himoyachisi Gareta Beylni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda The Mirror xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “shporlar” 29 yoshli futbolchini ijaraga olomqchi.
“Tottenxem” sobiq futbolchisini 1 yilga 11,5 million evroga ijaraga olishni rejalashtiryapti.
Shuningdek, Beyl xizmatiga PSJ va Xitoyning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsum futbolchi “Real” safida 42ta o'yinda ishtirok etib, 14ta gol urgan va 6ta golga ham mualliflik qilgan.