PSJning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Don Balon nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi ya xizmatiga Madridning “Atletiko” klubi jididy qiziqib qolgan. Madridliklar futbolchi uchun 45 million evro to'lashga tayyor.
Ma'lumot uchun, Di Mariyani Ispaniyaning yana bir grand klubi “Barselona” ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Di Mariya avval ham Ispaniya chempionatida to'p surgan. U “Real Madrid” sharafini himoya qilgan.