«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya chempionatining 24-turidagi «Jirona»ga qarshi o'yin (1:2) borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Hujumda etarlicha aniq o'ynay oldik, ammo vaziyatga ega bo'lishimizga qaramay, o'yin taqdirini birinchi bo'limdayoq hal etib qo'yishni uddalamadik. Ikkinchi taymda bizga energiya etishmadi; gol urishni istadik, ammo erisha olmadik. Raqib ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdi: pressing qo'lladi va tavakkaliga o'ynadi.
Biz ketma-ket qiyin o'yinlardan keyin charchagan edik va ko'p kuchimizni ketganimiz qo'yganimiz uchun [mag'lubiyat bilan] to'lashimizga to'g'ri keldi.
Chempionlar kurashi boy berildimi? Kurashishda davom etishimiz shart. Bizda hamon uchala turnirda ham g'olib chiqish imkoniyati bor», – degan Solarining so'zlarini nashr etdi AS.