“Real” “Betis” himoyachisi Ektor Firponi sotib olmasligi mumkin.
Bunga sabab sifatida jarohatga moyilligi ko'proq ekanligi deb ko'rsatilmoqda. 22 yoshli futbochli kuni-kecha “Renn”ga qarshi o'yinda boldiridan jarohat olgani ma'lum bo'ldi. Jarohatdan tiklanig uchun kamida bir oy kerak bo'ladi.
Bir oy oldin ham Firpo sho'nga o'xshash jarohatdan aziyat chekkan edi. So'nggi yarim yil ichida u to'rtinchi bor jarohat oldi.
Avvalroq, “Real” ushbu futbolchini yozda sotib olishni rejalashtiryotgan edi. Firponing tovon puli 50 mln evroni tashkil etadi.