«Real» darvozaboni Keylor Navas jamoa bilan shartnomani 2021 yilning iyun oyiga qadar uzaytirdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
"Qirollik klubi" Tibo Kurtuani sotib olganidan keyin kosta-rikalik posbon jamoada etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani uchun Madridni tark etishni istayotgandi.
Marca'ga ko'ra, Navasning yillik maoshi 5 million evroni tashkil etadi. Ma'lumotlarga qaraganda, shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar o'tgan yilning yozida boshlangandi.
Keylor qishki transfer paytda "Real"ni tark etmaydi.