Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush hujumchi Krishtianu Ronalduning sha'niga bo'ladigan ortiqcha tanqidlar borasida gapirdi.
"Ba'zi portugaliyaliklar nima uchun Krishtianu Ronalduni qadrlamasliklarini tushunmayman. Uning JCh-2018 da kam gol urganidan ortiqcha norozi bo'lyapmiz. U gol urishni boshlasa, boshqa sabab bilan tanqidlar boshlanadi.
U har doim gol urgan. Krishtianu men uni tanigan 18 yoshidan buyon gol urib kelmoqda", - deydi murabbiy.