Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
U-23 Osiyo kubogi saralash
. Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya) | ||
O'zbekiston U-23Fayzullaev (47)
|
1 : 0 |
Eron U-23 |
JAMOALAR TARKIBI | ||
12.Vladimir Nazarov 3.Abduqodir Husanov 5.Muhammadqodir Hamraliev 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev 9.Ulug'bek Hoshimov 10.Jasur Jaloliddinov (s) 14.Abbosbek Fayzullaev 15.Umarali Rahmonaliev 18.Alibek Davronov 19.Husayn Norchaev 23.Abdurauf Bo'riev |
1.Muhammadrizo Halidabadi 2.Saman Turaniyan 3.Husayn Goodarzi 5.Muhammad Amin 8.Javad Hussaynezhad 9.Saidallohyor Sayyadmanesh 10.Yasin Salmoni (s) 14.Amir Jafari 16.Muhammad Gorbani 19.Ali Pur Dara 23.Muhammadrizo Bordbar. |
|
ZAHIRA | ||
1.Abduvohid Ne'matov 21.Hamidullo Abdunabiev 2.Saidazamat Mirsaidov 4.Odil Abdumajidov 7.Hojimat Erkinov 8.Ibrohim Ibragimov 11.Otabek Jo'raqo'ziev 13.Mahmud Mahamadjonov 16.Asadbek Rahimjonov 17.Diyor Xolmatov 20.Ruslan Jiyanov 22.Alisher Odilov. |
12.Sina Saidifar 22.Payam Parsa 4.Danial Iri 6.Alirizo Bavieh 7.Muhammadhussayn Islomi 11.Seyedaria Barzegar 13.Aria Yusufi 15.Said Muhammad Taha 17.Muhammadmahdi Ahmadi 18.Aliasgar Sadeghinasab 20.Mahdi Hoshimnazhad 21.Sina Gasemi |
Matn
90+' |
![]() |
Kelgusi bahslarda uchrashguncha omon bo'ling |
90+' |
![]() |
Uchrashuv yakunlandi. G'alaba qozondik hamda guruhda birinchi o'rinni egallab, Osiyo kubogiga yo'l oldik |
90+' |
![]() |
Bo'lim so'ngini hujumda o'tkazyapmiz |
90+' |
![]() |
Tarkibimizda o'zgarish! Fayzullaev o'rniga Mirsaidov maydonga tushdi. Norchaev o'rniga Jiyanov bahsni davom ettiradi |
90+' |
![]() |
Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi |
90+' |
![]() |
Zarbaa! Javad Hussaynezhad xavfli jarima zarbasini golga aylantira olmadi |
89' |
![]() |
Odilov darvoza yoniga yaqinlashdi, biroq himoyachini aldab o'ta olmadi |
88' |
![]() |
Aria Yusufi uzoqdan Nazarovni sinab ko'rdi. Biroq zarba aniq bormadi |
88' |
![]() |
Fayzullaev burchak zarbasidan darvozani ishg'ol qilishga harakat qilib ko'rdi, sal qoldi... |
85' |
![]() |
Eron murabbiyi yangi kuchlarni maydonga tashladi. Endi tartibli himoya bizga yordam berishi mumkin |
82' |
![]() |
Xavfliii! Raqib juda qulay pas tashladi. Biroq eronliklarga to'p biroz aniq etib kelmadi |
79' |
![]() |
Mahdi Hoshimnazhad uzoq masofadan zarba berdi, biroq noaniq |
77' |
![]() |
Raqibda standart vaziyat... |
73' |
![]() |
Zarbaaaa! Norchaev yana bir yakkama yakka vaziyatni yo'qqa chiqardi. U tepgan to'p darvozabondan o'tmadi |
66' |
![]() |
Zarbaaaa! Norchaev birga bir imkoniyatni yo'qqa chiqardi |
64' |
![]() |
Xavfliii! Odilov ajoyib reyd uyushtirdi, biroq so'nggi zarbaga kelganda Muhammad Amin yaxshi blok qo'ydi |
62' |
![]() |
Raqibdan xavfli hujum! Seyedaria Barzegar jarima maydoni ichida bosh bilan zarba yo'lladi, biroq noaniq |
61' |
![]() |
Zarbaaaaa! Fayzullaev raqib xatosidan unumli foydalanishi mumkin edi. Biroq Norchaev kurashib olib bergan to'pini u darvozaga aniq yo'llashda biroz adashdi |
59' |
![]() |
Tarkibimizda o'zgarish. Hoshimov o'rniga Odilov tushdi |
57' |
![]() |
Zarbaaaaa! Salmoni tepgan to'pni Nazarov bir amallab ushlab oldi. Eron ham temp qo'shyapti |
56' |
![]() |
Fayzullaev Salmoniga nisbatan jarima maydoni yaqinida qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi |
54' |
![]() |
Hoshimovga nisbatan raqib fol ishlatdi. O'yin agressiv tempga kirdi |
50' |
![]() |
Futbolchilarga hamohang muxlislar ham faollashdi. Endi ham ortga qaytishga haqqimiz yo'q |
47' |
![]() |
Goooooool! Fayzullaev yakkama yakka vaziyatni golga aylantirdi |
45' |
![]() |
Uchrashuv ikkinchi bo'limiga start berildi. |
45+' |
![]() |
Birinchi bo'lim yakunlandi. |
45+' |
![]() |
Raqiblarda yana standart! Javad Hussaynezhad to'pni uzatib beradi...Biroq noaniq |
45' |
![]() |
Birinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berildi |
44' |
![]() |
Zarbaaaa! Yo'ldoshevning uzatmasini Jaloliddinov juda kuchsiz tepdi |
42' |
![]() |
Xavfliii! Hoshimovning o'ng qanotdan uzatmasiga Norchaev eta olmadi |
40' |
![]() |
Raqib etakchisi Saidallohyor Sayyadmanesh to'p uchun kurashda jiddiy shikastlandi. Unga yordam ko'rsatiladi |
37' |
![]() |
Yasin Salmoni uzatib bergan to'pga Muhammad Amin bosh bilan zarba berdi. Biroq noaniq |
36' |
![]() |
Jarima maydonimiz yaqinida standart vaziyat... |
34' |
![]() |
Zarbaaaa! Norchaev yaqin masofadan darvozaga juda kuchsiz zarba berdi |
33' |
![]() |
To'p nazorati raqibga o'tdi. Jarima maydonimiz yaqinida ular juda xavfli o'ynayapti |
32' |
![]() |
Raqib tarkibida o'zgarish. Mahdi Hoshimnazhad Ali Pur Dara o'rniga maydonga tushdi |
28' |
![]() |
Vuuuu! Rahmonaliev jarima maydoni ichida to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi. Zo'r vaziyat yo'qqa chiqdi. |
27' |
![]() |
Xavfliiii! Yana o'sha Sayyadmanesh bu safar birga bir vaziyatga chiqib borishiga sal qoldi. Nazarov to'pga vaqtida chiqdi va ushlab oldi |
26' |
![]() |
Zarbaaaa! Hoshimov uzoq masofadan tepgan to'pni raqib posboni arang qaytarib qoldi. Burchak zarbasi esa besamar yakunlandi |
22' |
![]() |
Jaloliddinovga burchak yonida yordam ko'rsatilmoqda |
19' |
![]() |
Zarbaaaaa! Davronov raqib jarima maydonida yaqin masofadan zarba berib ko'rdi. Biroq to'p oyog'iga yaxshi tushmagani sababli zarba kuchsiz va noaniq ketdi |
16' |
![]() |
Afsus! Fayzullaev boshlagan chiroyli hujumni hujumchilarimiz muvaffaqiyatli yakunlay olishmadi. Yakuniy zarbani beradigan o'yinchi topilmadi |
15' |
![]() |
Xushyorlikni oshirish kerak. Saidallohyor Sayyadmanesh chap qanotdan vakillarimizni ancha qiynamoqda. U Fenerbaxche hujumchisi. |
14' |
![]() |
Futbolchilarimizning jismoniy tayyorgarligi ancha pastga o'xshamoqda. Yo'ldoshev to'pni to'xtatishda oddiy xatoga yo'l qo'ydi. |
11' |
![]() |
Xavfliiii! Yasin Salmoni burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq to'p hech kimga tegmay maydonni tark etdi |
10' |
![]() |
Zarbaaaa! Norchaev havolatib uzatilgan to'pni oyog'iga moslashtira olmadi. Zarba ancha noaniq |
09' |
![]() |
Eronliklar navbatdagi hujumni samarali yakunlashga harakat qilib ko'rdi, biroq Saidallohyor Sayyadmanesh ofsaydga tushib qoldi |
06' |
![]() |
Afsus! Jaloliddinovning uzatgan to'piga Alibek Davronov zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi |
06' |
![]() |
Futbolchimizga nisbatan qo'pollik. Qulay standartga egamiz. |
05' |
![]() |
Rahmonaliev to'pni jarima maydoniga etkazishda xatoga yo'l qo'ydi. Hujum besamar yakunlandi |
05' |
![]() |
Eron Afg'onistonni 4:0, O'zbekiston esa 8:1 hisobida engganligini inobatga olsak, forslarni bugun faqat g'alaba qanoatlantiradi. To'plar nisbatimiz hozircha +7. |
04' |
![]() |
Shu tariqa Gonkong guruhda to'plar nisbatiga ko'ra so'nggi o'rinni egalladi. Reglamentga ko'ra, 4-o'rindagi jamoa bilan natijalar bekor qilinadi. |
01' |
![]() |
Eron ilk hujumini uyushtirdi. Biroq jarima maydonimiz ichiga kira olmadi |
01' |
![]() |
Bosh hakam uchrashuvga start berdi. Barchamizning diqqatimiz o'yinga qaratiladi |
00' |
![]() |
Bugungi bahsni suriyalik Xanna Xattab boshqarib boradi |
00' |
![]() |
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! O'zbekiston hamda Eron olimpiya jamoalari ishtirokidagi bahsni matnli ko'rinishda e'tiboringizga havola etamiz. |