Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
Superliga 3-tur
PaxtakorSayfiev (2)
Cheran (68) |
2 : 1 |
NavbahorAbduxoliqov (22)
|
JAMOALAR TARKIBI | ||
Quvvatov Alijonov Hamraliev Azmiddinov Sayfiev Hamrobekov Sobirxo'jaev Xolmatov Turg'unboev Cheran |
Yusupov Milovich Urunov Yaxshiboev Iskanderov Boltaboev Abduxoliqov Golban Jokich Xoshimov Chermel |
|
ZAHIRA | ||
Suyunov O'rinboev Rashidov Papava Hamdamov Banashak Usmonov Saidov |
Xo'jaev Yo'ldoshev Ikromov Norxonov Ismoilov Mo'minov Jo'rabekov Sobirjonov Olimjonov |
|
SARIQ KARTOChKA | ||
Sayfiev (22)
Xamrobekov (40) |
Urunov (28)
Jokich (32) |
|
QIZIL KARTOChKA | ||
Xoshimov (80)
|
Matn
90+7' |
|
Uchrashuv yakunlandi, «Paxtakor» bir amallab «Navbahor»ni o'z uyida 2:1 hisobida mag'lub etdi. |
90+6' |
|
Mezbonlar darvoboni yana bir seyv amalga oshirdi, hozircha namanganliklar hisobni tenglashtira olmayapti. |
90+4' |
|
Sanjar Quvvatov penaltini qaytardi! Jokich imkoniyatdan foydalana olmadi. |
90+3' |
|
Penalti belgilandi! Mezbonlar himoyachisi o'z jarima maydonchasida qo'l bilan o'ynadi. |
90' |
|
Bosh hakam tomonidan 6 daqiqa qo'shib berildi. |
87' |
|
Zahirdan maydonga tushgan Farruh Ikromov burchak zarbasi ishladi, mehmonlar yana bir imkoniyatga ega bo'lishyapti. |
85' |
|
«Paxtakor»da o'zgarish: Aziz Turg'unboev o'rnini Dostonbek Hamdamov to'ldirdi. |
80' |
|
Qizil kartochka ko'rsatildi! Davron Xoshimovni hakam kechirmadi, referi dastlab VAR ko'rdi va ushbu qarorga keldi. |
78' |
|
Davron Xoshimov asablarini jilovlay olmadi va Sayfievga tirsak bilan zarba berdi. Hozircha hakam jim. |
74' |
|
«Navbahor»da o'zgarish: Urunov hamda Abduxoliqov o'rnini Sobirjonov hamda Norxonov to'ldirdi. Shuningdek, Yaxshiboev o'rniga Ismoilov tushirildi. |
71' |
|
Azmuddinov to'pni egallab olib kutilmaganda zarba yo'lladi, ammo Yusupov o'z o'rnida. |
68' |
|
Gooooool! Dragan Cheran jarima zarbasidan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. |
66' |
|
Banashakdan uzatma qaul qilib olgan to'pga Cheran zarba berdi, lekin Yusupov o'z o'rnida. |
63' |
|
Mezbonlarda o'zgarish: Diyor Xolmatov o'rniga Banashak tushirildi. |
61' |
|
Jasur Yaxshiboev o'ng qanotdan oldinga borayotgandi Sobirxo'jaev unga nisbatdan qoida buzdi. |
55' |
|
Sardor Sobirxo'jaev o'ng qanotdan oldinga borib zarba berdi, to'p himoyachiga tegib chiqib ketdi. |
53' |
|
Jamshid Iskanderov markazdan oldinga borib zarba berdi, biroz noaniq chiqdi. |
49' |
|
Temurxo'ja ikkinchi golini urgandi, lekin hujumda fol ishlatgani uchun inobatga olinmadi. |
45' |
|
Bosh hakam hushtagini chaldi va ikkinchi taym boshlandi. |
45+1' |
|
Bosh hakam hushtagini chaldi va dastlabki taym tugadi. |
45' |
|
Temurxo'ja mezbonar jarima maydonchasi ichida ancha faol harakatlarni amalga oshirdi, ammo hujumni so'nggiga etkaza olmadi. |
40' |
|
Oston Urunov qanotdan oldinga borayotgan paytda Odil Xamrobekov uni «chopdi» va sariq kartochka bilan jazolandi. |
35' |
|
Bu safar Alijonov o'ng qanotdan oldinga bordi va zarba berdi, biroq ancha noaniq chiqdi, hozircha mezbonlarning himoyachilari hujumchilardan ko'ra yaxshiroq o'ynamoqda. |
32' |
|
Yovan Jokich ham Odil Xamrobekovga qarshi qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. |
28' |
|
Penalti berilgan vaziyatda Farrux Sayfiev va hozir maydon markazida qo'pollik ishlatgan Oston Urunov sariq kartochka bilan jazolandi. |
27' |
|
Farrux Sayfiev qanotdan uzatib berilgan to'pga to'xtatmasdan zarba berdi, ammo biroz noaniq chiqdi. |
25' |
|
Mehmonlar gol qabul qilib olganidan so'ng darhol hujumga o'tishdi va jarima zarbasiga ega chiqishdi, Dragan Cheran ushbu imkoniyatdan foydalana olmadi, zarba ancha noaniq chiqdi. |
22' |
|
Gooooooool! Temurxo'ja Abduxoliqov 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi, hisob tenglashdi. |
20' |
|
«Paxtakor» darvozasi tomon enalti belgilandi! Hamraliev hujumchiga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi. Hozircha hakam VARdagilarni eshityapti. |
17' |
|
Diyorbek Holmatov Alijonovning uzatmasidan so'ng birga-bir vaziyatga chiqib zarba berdi, ammo ofsayd holatida qolib ketdi. |
13' |
|
Hozir mehmonlar himoyachisi o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishiga sal qoldi. |
7' |
|
Maydon egalari goldan so'ng ham ancha muncha hujum tashkil etyapti, Cheran himoyachilarni shoshirib qo'yapti. |
2' |
|
Gooooool! Farrux Sayfiev Alijonovning uzatmasidan so'ng hisobni ochdi! |
1' |
|
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Super liga 3-turidan o'rin olgan «Paxtakor» - «Navbahor» o'rtasidagi o'yin boshlandi. |