Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
Italiya A Seria 26-tur
. Bosh hakam: Livio Marinelli | ||
SpetsiyaMaldini (53)
Nzola (87)p |
2 : 1 |
InterLukaku (83)p
|
JAMOALAR TARKIBI | ||
Dragovski Ampadu Burabiya Gyasi Shomurodov Nzola Amiyan Kaldara Aguedolo Nikolau Zurkovski |
Handanovich Dambrozio Acherbi Bastoi Darmian Barella Brozovich Mxitariyan Gozens Lukaku Lautaro |
|
ZAHIRA | ||
Sipot Ekdal Esposito Ferrer Giorgeski Kovalenko Krollis Maldini Sala Verde Visinevski Zoet |
Asslani Bellanova Chalxanog'lu Karboni Kordaz De Vrey Dimarko Dyumfris Jeko Galyardini Onana Zanotti |
|
SARIQ KARTOChKA | ||
Gyasi (6)
Kaldara (12) Nikolau (71) |
Matn
90+6' |
|
O'yin nihoyasiga etdi. «Spetsiya» kutilmaganda o'z uyida «Inter»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. |
90+5' |
|
Lukaku dublga erishishi mumkin edi, lekin u zarba bergan paytda offsayd qayd etildi. |
90+5' |
|
Uchrashuv omadsizi Lautaro yana bir zarba yo'lladi, bu safar ancha noaniq.c |
90+4' |
|
Dyumfris markaziy hujumda paydo bo'ldi va bosh bilan zarba yo'lladi, zarba kuchsiz chiqdi. |
90+2' |
|
Edin Jeko zarba berdi biroz noaniq chiqdi. |
90' |
|
Hakam tomonida o'yinga 6 daqiqa qo'shib berildi. |
89' |
|
Maydon egalari tarkibida so'nggi o'zgarish: 1-gol muallifi Maldini o'rniga Visnievski tushdi. |
87' |
|
Gooooool! Nzola 11 metrlik zarbadan adashmadi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqyapti. |
85' |
|
Yana bir penalti! Bu safar «Spetsiya» foydasiga. |
83' |
|
Gooooooool! Lukaku penaltidan unumli foydalandi. |
82' |
|
Hozirgina maydonga tushdan Ferre Dyumfrisga qarshi jarima maydonchasi ichida qo'pol o'ynadi, penalti. |
81' |
|
Jamoalar tarkibida o'zgarishlar: Darmian o'rnini Karboni, Gyasi o'rnini esa Ferrer egalladi. |
78' |
|
«Spetsiya» himoyachilari ikkinchi qavatda raqib hujumchilariga imkoniyat qoldirmayapti. |
75' |
|
Agar uchrashuv mana shu hisobda tugasa katta ehtimol o'yin qahramoni Dragovski bo'ladi. |
71' |
|
Nikolau Dyumfrisga qarshi qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi. |
69' |
|
Biroz oldin maydonga tushgan Chalxano'g'lu uzoqdan o'z uslubida zarba yo'lladi, ammo noaniq chiqdi. |
67' |
|
Maydon egalari hozircha himoyalanishda bexato o'ynashmoqda. |
63' |
|
«Inter» safida o'zgarishlar: Gozens, Barella, Dambrozio va Mxitaryan o'rniga Dimarko Chalxano'g'lu, Dyumfris hamda Jeko tushdi. Mezbonlarda ham o'zgarish: Aguedelo o'rnini Kovalenko egalladi. |
58' |
|
Mehmonlar gol o'tkazib yuborganidan so'ng bir qancha hujumlar tashkil etdi, ammo samarasiz. |
53' |
|
Gooooool! Shomurodov o'rniga tushgan Maldini «Spetsiya»ni hisobda oldinga olib chiqdi. |
48' |
|
Taym boshidanoq «Inter» gol urgandi, lekin offsayd sabab hisobga olinmadi. |
45' |
|
Ikkinchi taym boshlandi, Shomurodov o'rniga Maldini, Jurkovski o'rniga Ekdal tushirildi. |
45+2' |
|
Birinchi bo'lim tugadi, hozircha 0-0. Tanaffus |
45' |
|
Bosh hakam birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi. |
42' |
|
Dragovskiy yana bir super seyvni amalga oshirdi! Lautaro birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. |
37' |
|
Taym so'nggida mezbonlar ham qarshi hujum;arga o'tib vaziyatlar yaratishyapti. |
33' |
|
Maydon egalarida ham yaxshi imkoniyat paydo bo'ldi, Aguedelo darvozabon chiqib ketganidan foydalanib zarba yo'llagan edi, to'p to'tsinga tegib qaytdi. |
29' |
|
«Inter» ketma-ket hujum tashkil etyapti, Mxitariyan uzoqdan zarba berdi, biroz noaniq chiqdi. |
27' |
|
Lukaku ham raqiblar darvozasiga zarba yo'llagan edi, bu safar himoyachilar bartaraf etishdi. |
24' |
|
Hozircha maydon egalari butun jamoa bo'lib himoyalanayapti, Shomurodov ham pastroqdan tushib harakat qilishga majbur bo'lyapti. |
20' |
|
Dragovskiydan yana bir seyv! Bu safar ham Lautaro mezbonlar darvozasiga gol urolmadi. |
17' |
|
Imkoniyatni qo'ldan boy bergan «Inter» yana hujumlar tashkil etyapti. Hozircha total ustunlik mehmonlarda. |
13' |
|
Dragovskiy penaltini qaytardi! Lautaro imkoniyatdan foydalana olmadi. |
12' |
|
Penalti! Hakam VARdan ko'rib bu qarorga keldi, mehmonlar 11 metrlik zarbaga ega bo'lishdi. |
10' |
|
«Spetsiya» himoyachilari o'z jarima maydonlarida Darmiyanga nisbatan qo'pol o'ynashdi, penalti belgilanishi mumkin. |
7' |
|
Dastlabki daqiqalardan mehmonlar hujumga o'tishdi, Lautaroning zarbasini darvozabon qaytardi. |
4' |
|
Bugun mezbonlar safida Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi. |
1' |
|
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Italiya chempionati 26-turidan o'rin olgan «Spetsiya» - «Inter» o'rtasidagi o'yin boshlandi. |