Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
Evropa Ligasi 1/8 final bosqichi
. Bosh hakam: Denis Shibert | ||
Manchester YunaytedReshford (6)
Antoni (52) Fernandesh (57) Vegxorst (83) |
4 : 1 |
BetisAyose Perez (32)
|
JAMOALAR TARKIBI | ||
De Xea Martinez Fernandesh Reshford Fred Kazemiro Varan Dalot Antoni Shou Vegxorst |
Bravo Sabali Petseliya Luiz Felipe Abner Rodrigez Uillyam Luiz Enrike Xuanmi Xoakin Ayose Perez |
|
ZAHIRA | ||
Batlend Xiton Lindelyof Maguayr Malasiya Van-Bissaka Maktominey Pellistri Elanga Garnacho Sancho |
Kanales Gonsales Guardado Iglesias Martin Miranda Gerrero Rodri Ruiz Silva Villian Joze |
|
SARIQ KARTOChKA | ||
Vut Vegxorst (55)
Fernandesh (68) |
Matn
90+4' |
|
"Old Trafford"da "Manchester Yunayted" «Betis»ni yirik 4:1 hisobida mag'lub etdi. |
90+2' |
|
Agarda Bravo bo'lmaganida «Betis» kamida 8 ta gol o'tkazib yuborar edi, bu safar darvozabon Pellistrining zarbasini ham bartaraf etdi. |
90' |
|
Hakam tomonidan o'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi. |
88' |
|
Kazemiro kutilmaganda zarba aralash uzatma amalga oshirgandi, biroz noaniq chiqdi. |
83' |
|
Gooooool! Vanihoyat Vegxorst «Betis» darvozasini ishg'ol qildi. Hisob yiriklashdi, 4:1. |
80' |
|
Ikki jamoa tarkibida navbatdagi o'zgarishlar: Xuanmi o'rnini Villian Jozega, Antoni va Fred esa Maktominey hamda Pellistri tushdi. |
79' |
|
Klaudio Bravodan super seyv, bu safar ham Antoni yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. |
76' |
|
Bruno Fernandesh birga-bir vaziyatga chiqqan edi, lekin Bravo reaktsiyasini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. |
72' |
|
Antoni o'z qanotidan oldinga o'tib bergan zarbasi noaniq chiqdi. |
68' |
|
Bruno darvozabonga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi. |
64' |
|
Jamoalar tarkibida o'zgarishlar: Rodrigez, Ayose o'rniga Guardado va Iglesias tushdi. Mezbonlarda: Reshford va Shouning o'rnini Sancho va Tayrel Malasiya egalladi. |
61' |
|
Maydon egalarining ishtahasi ochilib ketdi, Antoni dubl qayt etishiga bir bahiya qoldi. |
57' |
|
Goooooool! Bruno Fernandesh hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirib qo'ymoqda. |
55' |
|
Vut Vegxorst sariq kartochka bilan jazolandi. |
52' |
|
Gooooooool! Antoni shedevr gol urmoqda. |
49' |
|
Bo'lim boshidanoq mezbonlar tarkibida o'zgarish: Dalot o'rnini Van Bissakaga bo'shatib berdi. |
45' |
|
Ikkisnhi taym boshlandi, mehmonlar to'pni o'yinga kiritib berishdi. |
45+1' |
|
Bo'ldi, dastlabki bo'lim 1:1 hisobida tugadi. Tanaffus.. |
45' |
|
Hakam tomonidan birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi. |
44' |
|
De Xea qo'pol xatoga yo'l qo'ygandi, ammo mehmonlar sovg'adan unumli foydalana olmadi. |
40' |
|
Markus Reshford qanotdan reyd uyushtirib Antoniga pas bergan edi, ammo braziliyalikka to'p etib kelmadi. |
36' |
|
Andalusiyaliklar hisobni tenglashtirganidan so'ng bir qancha xavfli hujumlar tashkil etyapti. Endi mezbonlar himoyalanishga o'tdi. |
32' |
|
Gooooooooooooool! Ayose Perez hisobni tenglashtirdi. |
27' |
|
Omadsiz Vegxorst yana bir vaziyatdan foydalana olmadi, bu safar unga Antoni aniq uzatma bergan edi. |
24' |
|
Mehmonlar pressing tashkil etib himoyachilarni shoshirib qo'yapti. |
17' |
|
Shou chap qanotdan Vegxorstga uzatma berdi, niderlandiyalik esa navbatdagi imkoniyatni ko'kka sovurdi. |
14' |
|
Dastlabki 10 daqiqada to'p nazorati mezbonlar tasarrufida. |
9' |
|
Mezbonlar yana bir xavfli hujum tashkil etishdi, Brunoning uzatmasidan so'ng Vegxorst bosh bilan zarba yo'lladi, ammo Bravo o'z o'rnida. |
6' |
|
Gooooool! Markus Reshford hisobi ochdi. |
4' |
|
Vut Vegrxorst 4-daqiqadayoq gol urgandi, lekin offsayd sabab gol bekor qilindi. |
1' |
|
Denis Shibert hushtagini chaldi va uchrashuvga start berdi. |
0' |
|
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Evropa Ligasi 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" va «Betis» o'rtasidagi o'yin boshlanish arafasida. |