Saxifa xar 1 daқiқada avtomatik yangilanadi.
Chempionlar ligasi, Pley-off, 1/8 final
. Bosh hakam: Daniele Orsato | ||
BavariyaChupo-Moting (60)
Serj Gnabri (88) |
2 : 0 |
PSJ |
JAMOALAR TARKIBI | ||
Zommer Upamekano De Ligt Kimmix Goretska Koman Chupo-Moting Devis Myuller Muciala Stanishich |
Donnarumma Markinos Ramos Danilo Hakimi Vininya Verratti Fabian Ruiz Nuno Mendesh Messi Mbappe |
|
ZAHIRA | ||
Ulreyx Gnabri Sane Vanner Mane Sarr Kanselo Blind Gravenberx Tel Mazraoui Ibragimovich |
Bernat Bitshiabu Ekitike Harbi Letele Mukiele Pembele Riko Sanchesh Soler Zair-Emeri |
Matn
90+5' |
|
«Bavariya» o'z uyida 2:0, umumiy hisobda 3:0 hisobida PSJ ustidan g'alaba qozonib keyingin bosqichga yo'l oldi. |
90+4' |
|
Sadio Mane ham gol urgandi, lekin offsayd qayd etildi. |
90' |
|
Hakam tomonidan o'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi. |
88' |
|
Gooooool! Serj Gnabri hisobni 2 taga oshirdi. |
86' |
|
Koman va Myuller ham Gnabri hamda Kanselo bilan almashtirildi. |
81' |
|
Jamoalar tarkibida navbatdagi o'zgarishlar: Viniya o'rniga Ekitike, Mendesh o'rniga Bernat. «Bavariya»da esa Mutsialaning o'rniga Mane tushdi. |
76' |
|
Mehmonlar tarkibida o'zgarish: Fabian Ruiz o'rniga Zoir-Emeri tushdi. |
72' |
|
Maydon egalari mehmonlarni shoshirib qo'yapti, parijliklar nima qilishayotganini o'zlari ham bilishmayapti. |
68' |
|
«Bavariya» tarkibida o'zgarish bo'ladi: gol muallifi Chupo-Moting o'rniga Leroy Sane tushdi. |
64' |
|
Serxio Ramos bosh bilan zarba yo'lladi va darvozabon bazo'r to'pni qaytardi. |
60' |
|
Goooooool! Chupo-Moting Goretskaning uzatmasidan so'ng darvozani ishg'ol qildi. |
56' |
|
Nuno Mendesh kamerunlik futbolchi bilan to'qnashuvda jarohat oldi, hozircha uning ahvoli yaxshi. |
53' |
|
Chupo-Moting bu safar gol urgandi, lekin ofsayd sabab gol bekor qilindi. |
49' |
|
Bugun Chupo-Moting maydondagi o'rnini topa olmayapti, mezbonlarning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. |
47' |
|
Ikkinchi bo'lim boshidan parijliklar safida o'zgarish: dastlabki taymda maydonga tushgan Mukiele o'rnini Bitshiabuga bo'shatib berdi. |
45' |
|
Ikkinchi taym boshlandi, to'pni maydon egalari o'yinga kiritib berdi. |
45+2' |
|
Teng kurashlar ostida kechgan dastlabki bo'lim 0-0 hisobida yakunlandi. |
45' |
|
Hakam tomonidan birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi. |
41' |
|
Alfonso Devis qanotdan yorib kirib zarba berdi va darvozabon to'pni qaytardi. |
38' |
|
De Ligt darvozaga kirib ketayotgan to'pni olib chiqdi va jamoasining joniga oro kirdi. |
35' |
|
Parijliklar sardori Markinos jarohat olib maydonni tark etdi va o'rniga Mukiele tushdi. |
31' |
|
Maydon egalari chap qanotdan hujum uyushtirdi, Devis Musialani to'p bilan ta'minladi, Jamalning zarbasini darvozabon qaytardi. |
27' |
|
Mezbonlar qanotlardan uzatmalar amalga oshiryapti, lekin to'p Chupo-Motinggacha etib kelmayapti. |
24' |
|
Leo Messi yarim metr masofadan darvozani ishg'ol qilolmadi. |
20' |
|
Mbappe yana bir bor deyarli yakkama-yakka holatga chiqqan edi, lekin bu safar u to'pni uzoqlashtirib yubordi. |
17' |
|
Leon Goretska uzoqdan zarba yo'lladi. Dastlab Donnarumma to'pni qo'lidan chiqarib yuborgan edi, ikkinchi urinishda egallab oldi. |
15' |
|
Mbappe darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqqan edi, lekin qoida buzishga majbur bo'ldi. |
11' |
|
Parijliklar pressing bilan hujumga o'tdi va Ashraf zarba aralash uzatma amalga oshirdi, ammo noaniq. |
7' |
|
Maydon egalari ham tezkor hujumlarni tashkil etishyapti, Mutsiala ham so'nggi pasda aniqlik bilan o'ynamadi. |
3' |
|
Uchrashuv boshlanishi bilanoq parijliklar bosim bilan hujumga o'tdi, Mbappening uzatmasi Messiga qadar etib bormadi. |
1' |
|
Bosh hakam hushtagini chaldi va o'yinni mehmonlar boshlab berdi. |
0' |
|
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Evropa Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvidan o'rin olgan «Bavariya» hamda PSJ klublari o'rtasidagi o'yin boshlanish arafasida. |