Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Santyago Solari: «La liga g'olibligi uchun oxirigacha kurashamiz»

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari «Ueska»ga qarshi bo'ladigan o'yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari «Ueska»ga qarshi bo'ladigan o'yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Ueska» haqida
«Ishonchim komil, ular ilk daqiqalardanoq bizni maksimal kuch bilan harakat qilishga majbur qilishadi. Biz himoyada ehtiyotkor harakat qilib, hujumda tajavuzkor bo'lishimiz lozim. Yigitlarni qo'shimcha ruhlantirish shart emas deb o'ylayman. Biz La ligada chempionlik uchun oxirigacha kurashamiz».

Boshlang'ich tarkib haqida
«Boshlang'ich tarkibni tanlashda ko'p narsaga ahamiyat qarataman: futbolchilarning formasi, murabbiylar shtabining fikri, raqib. Men faqat bitta boshlang'ich tarkibga suyanib qolmayman».

Markos Lorente haqida
«Men jamoa boshqaruviga kelgunimga qadar, u deryali o'ynamagan edi. Futbolchida tajriba va o'yin amaliyoti bo'lmasa — bu qiyin. Uning yaxshi o'ynayotganida o'zining hissasi katta. U professional futbolchi. Futbolchi uchun eng qiyin ish — bu mashg'ulot o'tkazish, formani saqlab turish, ammo maydonga tushmaslik. Markos ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan bo'lsa-da, u jamoada baxtli».

«River Pleyt» – «Boka Xuniors» o'yini haqida
«Bunday o'yinni o'z maydonimizda qabul qilish — biz uchun sharaf. Ammo ish bu darajagacha etib kelmagani yaxshi edi. Umid qilaman, barchasi yuqori saviyada o'tadi va hech qanday muammo paydo bo'lmaydi».

Toni Kroos haqida
«Klub bergan bayonotni takrorlashim mumkin. U klublar o'rtasidagi jahon chempionatigacha tiklanishi lozim. So'nggi so'zni shifokorlar aytishadi».

Keylor Navas haqida
«Menda kimgadir qandaydir maslahat berish uchun vakolat yo'q. Har bir o'yinchining o'z hissiyotlari mavjud. «Real» safida o'ynashdan yaxshiroq ajoyib narsa yo'q. Faqat shuni ayta olishim mumkin».

Garet Beyl haqida
«U «Valensiya»ga qarshi o'yinda jarohat olmadi. O'zini biroz noqulay his qildi. U «Eybar», «Roma» va «Valensiya»ga qarshi o'yinlarda borini berib o'ynadi. Uning o'yinidan qoniqish hosil qilayotganimni unga ingliz tilida aytdim. Ba'zida o'zing istagan barcha narsa amalga oshmaydi. Ammo uni tanqid qilmayman. Bundan tashqari, u «Roma» darvozasiga ajoyib gol urdi».

BestMaster
9 Dekabr 2018, 12:20
santyago, solari, «la, liga, golibligi, uchun, oxirigacha, kurashamiz»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads