Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu mojarosi — Krishtianu nega to'nini teskari kiydi?

Futbol olamida soliq bilan bog'liq mojarolar ancha paytdan beri kuzatilib kelingan.

.
- Yuklab olish

Futbol olamida soliq bilan bog'liq mojarolar ancha paytdan beri kuzatilib kelingan. Ayniqsa, Ispaniya chempionatida. Gap shundaki, mazkur mamlakatda futbolchilar to'laydigan soliq boshqa davlatlarnikidan kattaroq. Shuning uchun ham ba'zida futbolchilar mo'may puldan ayrilishni istashmaydi va qonunni aylanib o'tishga qaror qilishadi. Oqibatda tergov va sud jarayonlari boshlanadi.

Ayni damda “Real” yulduzi Krishtianu ana shunday mojarolar girdobiga tushib qolgan. Odatda, bunday vaziyatda futbolchilar tinchgina jarima to'lab qo'ya qolishadi. Biroq negadir Ronaldu o'ziga nisbatan ayblovlarni tan olmayapti, u bir tiyin ham to'lamoqchi emas? Xo'sh, u nega bunday yo'l tutmoqda?

Pul eng muhimi emas

Bu erda pul muhim o'rin tutayotgani yo'q. Krishtianu Ispaniyaga ko'chib o'tganidan beri ikki-uch marta soliq bilan bog'liq mojaroga duch kelgan va har doim talab qilingan jarimani to'lab, mojarodan xalos bo'lgan. Xo'sh, unda nega hozir shu ishni qilmayapti? Vaholanki, u to'lashi kerak bo'lgan pul daromadi oldida hech narsa emas. Gap shundaki, Krishtianu ayblovni tan olmayapti, shu boisdan shunchaki pul to'lamoqchi emas, u haqini talab qilyapti. Ronaldu ko'rdi — har safar jarima to'lagan, ammo yana uni ayblashda davom etishyapti. Shu bois Ronaldu bo'ysunishdan foyda yo'qligini bildi va qaysarlik qila boshladi.

“Real”dan alamzadalik kayfiyati

Garchi bu mojarolar boshlanganiga ancha bo'lgan bo'lsa-da, “Real” Ronalduni to'liq himoya qilayotgani yo'q. To'g'ri, jamoa Ronalduni rasman himoya qila olmaydi, chunki Ronaldu jamoadan olgan maoshidan emas, reklama va boshqa futboldan tashqari daromadlaridan soliq to'lamaganlikda ayblanyapti. Biroq, shunday bo'lsa-da, Florentino Peresning ikki og'iz gapini hisobga olmasak, klub rahbarlari Krishtianuni tuzuk oqlashgani yo'q. Bu esa Ronalduga yoqmayapti va alamzada holatiga tushib qolgan. Shuning uchun ham kurashishni to'xtatgisi yo'q, shuning uchun ham “PSJ”ga o'tmoqchi ekanligini qayta-qayta ta'kidlayapti.

G'isht qolipdan ko'chdi

Davomi

BestMaster
23 Iyun 2017, 17:00
ronaldu, mojarosi, krishtianu, nega, tonini, teskari, kiydi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 birima  
Oyligini ko'tarsin ikki yil chempion qildi reyaldi shundayam messidan kam oylik oladi
23 Iyun 2017, 21:05
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads