Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Solari nima uchun Iskoni zaxiraga «mixlab» qo'yganini tushuntirdi

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari «Melilya»ga qarshi bo'ladigan Ispaniya kubogi bahsi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari «Melilya»ga qarshi bo'ladigan Ispaniya kubogi bahsi oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Melilya»ga qarshi dastlabki o'yin natijasida haqida
«Safarda yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Bu jamoa o'z guruhida etakchilik qilmoqda».

Diego Simeonening «Oltin to'p»ni faqat «Real» futbolchilari olishi borasidagi fikri haqida
«Cholo nima deganini bilmadim. Men uni hurmat qilaman, u ajoyib murabbiy. Luka haqida to'xtaladigan bo'lsam, u sovrin yutib olishga haqli edi. U "Real" va Xorvatiya terma jamoasi uchun borini berdi. Modrich "Oltin to'p"ni yoshi ulg'ayib qolgan paytda qo'lga kiritdi. Bu esa sovrinning qadrini yanada oshiradi».

Isko bilan munosabatlari haqida
«Jamoada 24 nafar futbolchi va «Kastilya» o'yinchilari bor. Futbolchilarning qanchalik sidqidildan mehnat qilayotganini ko'rib turibman. Buni maydonda ham ko'rishni istaymiz».

Isko kam mehnat qilmoqdami?
«Bu muhokama qilinmaydi... Kimning o'ynashi, kimning o'ynamasligini muhokama qilish — bu jurnalistning ishi emas. Futbolda qaysidir o'yinchining samaradorligi pasayishi mumkin. Murabbiyning ishi esa — xato qilmaslik. Hech birimizga hech narsa kafolatlanmagan».

Isko "Oltin to'p" uchun da'vogarlar safida bo'la turib, zaxirada qolishi — normal holatmi?
«O'z futbolchilarimga hurmat bilan yondoshaman. Shuningdek, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Modrichni ham yaxshi ko'raman. Jamoa 24 nafar futbolchidan iborat».

Iskoning instagram orqali qo'ygan savoli haqida (futbolchi "men semizmanmi"? degan)
«Afsuski, men ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman».

Keylor Navas va Ispaniya kubogi haqida
«Har bir futbolchi yaxshi formada bo'lishi biz uchun muhim ahamiyatga ega. Futbolchining iqtidori jamoaning foydasiga xizmat qilishi lozim. Eng muhimi — jamoaning natijasi».

Kazemiro qaytganidan keyin Markos Lorente nima qiladi?
«Men uchun almashtirib bo'lmas futbolchilar yo'q. Albatta, jamoada ancha yillardan beri yuqori samaradorlik ko'rsatayotgan futbolchilar bor. Ular o'n yillardan beri asosiy tarkib futbolchisi bo'lib kelishmoqda. Ammo shunchaki nomi chiqqani uchun hech kim umrbod o'ynay olmaydi».

BestMaster
6 Dekabr 2018, 08:40
solari, nima, uchun, iskoni, zaxiraga, «mixlab», qoyganini, tushuntirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
 uzbbale  
Mana bu reali yangi evolutsiyasi bu degani reali tarkibini uzgartiraman degani bu bir tomondan yaxwi 2ci tomondan 1 yil hic qanday kubksiz degani
6 Dekabr 2018, 09:45
 uzbbale  
Mana bu reali yangi evolutsiyasi bu degani reali tarkibini uzgartiraman degani bu bir tomondan yaxwi 2ci tomondan 1 yil hic qanday kubksiz degani
6 Dekabr 2018, 09:45
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Mana bu haqiqiy murabbiy qilishi kerak bo'lgan ishlar qo'shilaman haqqiqiy evalutsiya
6 Dekabr 2018, 14:59
 el_kapitano  
evalyutsiya qiliwga vaxt yuq ozgina xatoga yul quysa Peres kotiga tepadi buni xam eng zur
6 Dekabr 2018, 18:18
 el_kapitano  
eng zur evalyutsiya peres ketsa buladi
6 Dekabr 2018, 18:20
 Zidan_uz  
Peresni ko'zi och nega shu paytgacha Azarni sotib olmadi
7 Dekabr 2018, 10:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads