Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «G» guruhi. «Real» guruh g'olibiga aylandi

Unchalik muvaffaqiyatli bo'lmagan mavsumni o'tkazayotgan "Real" uchun Evropa chempionlar ligasi doirasidagi 5-tur bahsi oson kechmadi.

.
- Yuklab olish

Unchalik muvaffaqiyatli bo'lmagan mavsumni o'tkazayotgan "Real" uchun Evropa chempionlar ligasi doirasidagi 5-tur bahsi oson kechmadi. "Roma" o'z uyida madridliklarga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi.

Ayniqsa, rimliklar birinchi bo'limda ikkita to'p farqi bilan oldinga o'tib olishlari kerak edi. Dastlab Shik tomonidan yaqin masofadan yo'llangan zarbani Kurtua oyoqlari bilan qaytarib qolgan bo'lsa, Under 4 metrdan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol eta olmadi — to'p yuqoriga ko'tarilib ketdi.

Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlarning qo'pol xatosidan keyin Beyl hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan madridliklar qarshi hujumda "bo'rilar"ni yana bir marta jazolashdi.

Aslida, biroz avval TsSKA o'z maydonida "Viktoriya"ga yutqazib qo'yganidan keyin "Real" va "Roma" keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lishgandi. Bugungi o'yindan kyin Solari jamoasi 1-o'rin taqdirini hal qilishdi.

EChL, "G" GURUHI, 5-TUR
Roma Italiya – Real Madrid Ispaniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 47 Beyl, 0:2 – 59 Vaskes.
Roma – Olsen, Manolas, Kolarov, Florentsi, Fasio, Nzonzi (Chorich, 64), Kristante, Dzanolo (Karsdorp, 69), Under, El-Shaaravi (Klyuyvert, 22), Shik.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente, Vaskes, Modrich (Valverde, 80), Beyl (Asensio, 84), Benzema (Dias, 77).
Ogohlantirishlar: Modrich (21), Dzanolo (42), Varan (90).

BestMaster
28 Noyabr 2018, 03:40
«g», guruhi, «real», guruh, golibiga, aylandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
 dam  
Galaba muborak va birinchi o'rinam hala madrid
28 Noyabr 2018, 03:52
 Zidan_uz  
Endi bizga farqi yo'q luboyni qoqib taylaymiz
28 Noyabr 2018, 06:13
 scorpion  
Biz har doim 1-o'rinda bo'lganmiz va oxirig acha bo'lamiz!!! G'alaba muborak! Olg'a HALA MADRID!!!
28 Noyabr 2018, 06:15
 Zofik  
Echl da Realni omadi keladi ko'pincha, omad!
28 Noyabr 2018, 11:27
 letenant007894  
Galaba muborak buyogiga shu tempda ketishi kere REAL
28 Noyabr 2018, 14:15
 nodir777  
G'alaba muborak real endi la ligada ham shunaqa o'ynash kere
28 Noyabr 2018, 19:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads