Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Solari tarkibda 19 nafar futbolchiga asosiy tarkibda joy topib berdi, ular ichida Isko yo'q

Madridning "Real" klubida bosh murabbiy almashishi barchadan ham Iskoga katta ta'sir o'tkazdi.

Ispaniyalik mutaxasis sobiq "Real" ustozi Xulen Lopetegining asosiy futbolchilaridan biri edi, ammo Santiago Solari kelganidan so'ng Fransisko o'z pozitsiyasini yo'qotdi. 26 yoshli futbolchi argentinalik mutaxasis jamoani qo'lga olganidan so'ng biror marotaba ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi. U Qirol kubogi "Melilya"ga qarshi o'yinda maydonga tushirilmadi. "Valyadolid"ga qarshi o'yinda 34 daqiqa harakat qildi, "Viktoriya" bilan o'yinda 17 daqiqa harakat qildi. "Balaidos" stadionida "Selta"ga qarshi uchrashuvda esa umuman maydonga tushirilmadi. Orada Isko Ispaniya terma jamoasi tarkibida Xorvatiya va Bosniyaga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda, xattoki jamoa sardori sifatida sobiq jahon chempionlarini maydonga boshlab tushdi. Aytib o'tishki gollarga ham assistentlik qildi. Biroq u FIFA kunlaridan qaytganidan so'ng ham vaziyat o'zgarmadi.

Solari jamoa bosh murabbiyligini qo'lga olganidan so'ng 24 nafar futbolchidan 19 tasiga asosiy tarkibda maydonga tushish baxtini berdi, biroq ular ichidan Isko yo'q edi. Alvaro Odriosola, Ramos, Benzemalar esa Solari murabbiylik qilgan davrda barcha uchrashuvlarda asosiy tarkib futbolchisiga aylanishdi.

Bobojonov

BestMaster
26 Noyabr 2018, 21:50
solari, tarkibda, nafar, futbolchiga, asosiy, tarkibda, topib, berdi, ular, ichida, isko,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads