Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos “Eybar”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“O'zimizni oqlashga urinmaymiz. Chunki, etarli darajada o'ynamadik. Maqsadimizga qarab o'yin ko'rsatmadik. Yomon natijadan keyin, jamoaning ichki muhiti buziladi. O'yin davomida vaziyatdan chiqib ketolmadik. “Eybar”ni tabriklayman, ular munosib qarshilik ko'rsatishdi.
Biz esa o'yinimizni, taxlil qilishimiz lozim. Jismoniy holatimiz joyida. Biroq, bu o'yinga jiddiy qaramadik. Tarkib o'sha holatida qoladi. Mavsum boshidan beri shu tarkib bilan o'ynayapmiz”, - deydi ispaniyalik futbolchi.