Turinning “Yuventus” klubi Madridning “Real” futbolchisi Marselo uchun qiziqishda davom etyapti.
Calciomercato nashrining bergan ma'lumotlariga ko'ra, “qaymoqranglilar” turinliklarga rad javobini bergan. Madrid klubi prezidenti Florentino Peres futbolchini qo'yib yuborishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, Marselo joriy mavsum 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3 gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.