Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Eybar» sensatsion tarzda «Real»ni tor-mor keltirdi

Santyago Solari "Real" bilan shartnoma imzolaganiga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ketma-ket 4ta o'yinda g'alaba qozongan edi.

.
- Yuklab olish

Santyago Solari "Real" bilan shartnoma imzolaganiga qadar bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ketma-ket 4ta o'yinda g'alaba qozongan edi. Ammo mutaxassis klubning rasman bosh murabbiyiga aylandiyu, kutilmaganda qaqshatqich zarbaga uchradi.

La liganing 13-pog'onasida borayotgan "Eybar" 13-tur doirasida "Qirollik klubi"ni o'z maydonida qabul qilib, yirk hisobda g'alaba qozondi. Bu "mitti klub" nomdor raqibni har tomonlama mag'lubiyatga uchratdi. Solari shogirdlari "Eybar" qarshisida hech narsa qila olishmadi.

Bahsning 16-daqiqasida mezbonlar tomonidan urilgan golni referi dastlab laynsmenga ishonib inobatga olmagandi. Ammo VAR tizimi ofsayd yo'qligini aniqlab berdi va hisob ochildi. Maydon egalari butun o'yin davomida dadil o'yin ko'rsatdi.

Ayniqsa, ikkinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasi ichida "Eybar" madriddiklarni ikk marta jazoladi. Mezbonlar futbolchisi raqib jarima maydonchasi yaqinida Odriosoladan to'pni olib qo'yib, Enrichni zarbavor vaziyatga chiqdi. Serxining zarbasini Kurtua qaytara olmadi. Oradan 5 daqiqa o'tib mehmonlar himoyachilari va darvozabonning sust harakati tufayli Kike Garsiya uchinchi golni urdi.

Shundan so'ng ham xavfli vaziyatlar yaratish bo'yicha ustunlik "Eybar" tomonida bo'ldi. Ular yana ikki marta "Real" darvozasini ishg'ol qilishlari mumkin edi, ammo ularga omad etishmadi. Boz ustiga, madridliklar 0:3dan keyin taslim bo'lib ulgurgandi.

"Eybar" ushbu g'alabadan keyin o'z ochkolarini 18taga etkazib olgan bo'lsa, "Real"ning ochkolari 20taligicha qoldi.

Ispaniya La ligasi, 13-tur
"EYBAR" - "REAL MADRID" 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 16 Eskalante, 2:0 – 52 Enrik, 3:0 – 57 Kike.
Eybar – Riesgo, Kukurelya, Ramis, Paulu Oliveyra, Penya, Orelyana (Alvares, 83), Eskalante, Jordan, Xose Anxel, Enrik (Sharles, 74), Kike (De Blasis, 88).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 54), Ramos, Modrich (Isko, 63), Kroos, Asensio (Vinisius Junior, 74), Sebalos, Beyl, Benzema.
Ogohlantirishlar: Kukurelya (33), Jordan (36), Beyl (44).

BestMaster
24 Noyabr 2018, 19:00
liga, «eybar», sensatsion, tarzda, «real»ni, tor-mor, keltirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 ruziboy1997  
????
24 Noyabr 2018, 19:49
 ruziboy1997  
Реалчилар сабр тилайман
24 Noyabr 2018, 19:49
 ruziboy1997  
Холиям кечмас барсага балит клинглар реал узи тамом реални жойи охрига.
24 Noyabr 2018, 19:50
 letenant007894  
Ruziboy barsang uzinga buyursn Real xali xaytadi Barsangniyam boshasiniyam kotiga ?????? !
25 Noyabr 2018, 00:11
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads