Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real» yutqazdi, ammo finalda o'ynaydi

Kutilganidek, "Real" Evropa chempionlar ligasining ikkinchi finalchisiga aylandi.

.
- Yuklab olish

Kutilganidek, "Real" Evropa chempionlar ligasining ikkinchi finalchisiga aylandi. Ammo javob bahsida muxlislar ancha shiddatli jang guvohiga aylanishdi.

"Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda Zidan shogirdlari 3:0 hisobida g'alaba qozonishgani uchun to'qnashuv taqdiri hal bo'lgandek edi. Ammo Simeone jamoasi bunga aslo rozi emasligini ilk daqiqalardan isbotlashga tushib ketdi. Dastlabki daqiqalarda har ikkala jamoa posbonlari Koke va Kazemironing zarbalaridan keyin seyv ishlatishga majbur bo'lishdi. Bahsning 8-daqiqasida esa Junayt Chaqir "Real" darvozasiga penalti belgilashga jazm etmadi. Mehmonlar o'z jarima maydonchalari ichida Karraskoni yiqitishgandi.

Bahsning 12-daqiqasiga kelib esa hisob ochildi. Burchakdan etkazilgan uzatmani Saul Niges bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi! Oradan atigi 3 daqiqa o'tar-o'tmas Varan jarima maydonchasi ichida Torresni chalib yiqitgani uchun turkiyalik referi "Real" darvozasi tomon penalti qo'ydi.  Antuan Grizmann 11 metrli jarima zarbaisni golga aylantirdi. Natijada ikki o'yin natijasiga ko'ra oradagi farq minimal darajaga keldi.

Ammo shundan keyin mezbonlar chuqur himoyaga o'tib olishgan bo'lsa, "Real" asta-sekin uyg'ona boshladi. Amalga oshirilgan harakatlar bo'lim so'ngida o'z samarasini berdi. Benzema chap qanotda naq 3 futbolchidan o'tib ketib, orqaroqqa uzatma berdi. Kroosning zarbasini Oblak chiziq ustida qaytardi, uning yonida paydo bo'lgan Isko to'pni to'rga joylab qo'ydi!

Mazkur gol tufayli endi "matraschilar" finalga chiqish uchun 3ta gol urishlari talab etilardi. Boz ustiga, "Qirollik klubi" ikkinchi bo'limda raqibning bosim tashkil qilishiga yo'l qo'ymadi, o'yinning borishini nazorat qilib bordi. Shunga qaramay, ikkinchi 45 daqiqa davomida mezbonlar 3ta xavfli vaziyat yaratishdi. Bahsning 66-daqiqasida Daniloning qo'pol xatosidan keyin Karrasko to'pni egallab olib, zarba berdi. Navas zarbani qaytardi va qaytgan to'pni Gameyro bosh bilan darvoza tomon yo'lladi. Yana Keylor "Real"ni goldan qutqardi.

Uchrashuvning 77-daqiqasida Karrasko chap qanotdan darvozabon maydonchasiga yaqinlashib uzatma berdi. Ramos Gameyroga to'pni darvozaga yo'llashga imkon bermadi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda Grizmann tomonidan jarima maydonchasi ichidan yo'llangan zarbani Navas qiyinchilik bilan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

"Real" javob bahsida yutqazdi, ammo Evropa chempionlar ligasi finaliga chiqdi. "Qaymoqranglilar" musobaqaning amaldagi g'olibi ekanini inobatga olsak, ularda unvonni saqlab qolish uchun yaxshi imkoniyat mavjud. Finaldagi raqib esa — "Yuventus"!

EChL, yarim final, javob o'yini
"ATLETIKO MADRID" - "REAL MADRID" 2:1 (2:1)
10 may, 23.45, «Visente Kalderon»
Gollar: 1:0 – 12 Saul, 2:0 – 16, penalti Grizmann, 2:1 – 42 Isko.
Atletiko – Oblak, Savich, Godin, Filipe Luis, Ximenes (Parti, 57), Saul, Ferreyra Karrasko, Gabi, Koke (Korrea, 76), Grizmann, Torres (Gameyro, 56).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Danilo, Ramos, Modrich, Kazemiro (Vaskes, 77), Kroos, Isko (Morata, 88), Ronaldu, Benzema (Asensio, 77).
Ogohlantirishlar: Danilo (4), Savich (6), Godin (34), Ramos (34), Gabi (37), Korrea (85).
Dastlabki o'yin – 0:3

BestMaster
11 May 2017, 01:49
«real», yutqazdi, ammo, finalda, oynaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 futbol  
6yin juda z6r shiddatli 6tdi atletik yutdi ammo ikki 6yin natijasida qirollik kulubi yutti lekin atletiko juda q6pol 6yin k6rsatti yaxshiyam hech kim jaroxat almadi realchilarga g`alaba muborak va omat
11 May 2017, 09:43
ruziboy
 ruziboy  
Адмен футбол клипларни куйинглар
11 May 2017, 12:07
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads