Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real Madrid» akademiyasi mutaxassislari O'zbekistonda master-klasslar o'tkazdi

"Real Madrid" klubi akademiyasi mutaxassislari yurtimizdagi hududiy futbol akademiyalarida master-klasslar o'tkazishadi.

.
- Yuklab olish

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish, yosh avlod o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, futbolni yanada ommaviylashtirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu borada futboli rivojlangan Evropa mamlakatlari tajribalari o'rganilib, bir qator kuchli mutaxassislar yurtimizga taklif qilinyapti.

Jumladan, shu yilning iyun oyida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o'rtasidagi kelishuvga asosan yurtimizga Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha “Qirollik klubi”ning mutaxassislari tashrif buyurishgani xaqida xabar berib o'tgan edik.

Tashrif davomida ispaniyalik mutaxassislar  ishtirokida bolalar futboli mutaxassislari uchun nazariy seminarlar tashkil qilinib, amaliy mashg'ulotlar ham o'tkazildi. Shuningdek, "Real Madrid" akademiyasi mutaxassislari yosh futbolchilar uchun master-klasslar ham o'tkazishdi.

O'FA va "Real Madrid" klubi o'rtasidagi hamkorlikning ikkinchi bosqichiga ko'ra, shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida yurtimizdagi bir qator iqtidorli bolajonlar Madridga safar uyushtirishdi. Ular Madridda "Real" klubi akademiyasi, bosh jamoa mashg'ulot o'tkazadigan maydon, Santyago Bernabeu" stadioni bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan futbol sir-asrorlarini o'rganishdi.

Endilikda "Qirollik klubi" mutaxassislari o'zaro hamkorlining uchinchi bosqichi doirasida yana O'zbekistonga tashrif buyurishadi. Bu safar ular viloyatlardagi hududuiy futbol akademiyalarida bo'lib, u erda tarbiyalanayotgan yosh futbolchilar uchun mahorat darslarini o'tab berishadi.

11 noyabrdan 20 noyabrga qadar Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lib o'tadigan mahorat darslarida mahalliy futbolchilar va bolalar futboli mutaxassislari ishtirok etishadi.

BestMaster
7 Noyabr 2018, 10:30
«real, madrid», akademiyasi, mutaxassislari, ozbekistonda, master-klasslar, otkazdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads