Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Solari: Chempionlar Ligasiga qaytish juda yoqimli

Солари: "Очень приятно вернуться в Лигу Чемпионов"

"Real" vaqtinchalik bosh murabbiyi Santiago Solari "Viktoriya"ga qarshi o'yindan oldin press-konferensiyada qatnashdi.

O'yin haqida:

"Men uchun Chempionlar Ligasiga qaytish juda yoqimli. Bu turnir "Madrid" tarixidan o'chmas iz qoldirgan. Chempionlar Ligasi va "Real Madrid" ajralishmaydi. Bu mening klubdagi 3-uchrashuviim. Umid qilaman, ajoyib o'yin ko'rsatib, klub klassini ko'rsata olamiz."

Jamoa haqida:

"Men shuni aytishim mumkin, biz ikkita yaxshi uchrashuv o'tkazdik va ikkalasida ham g'alaba qozondik. Ikkala o'yin ham "Madrid" uchun qiyin bo'ldi. Endi biz boshqa turnirda ham g'alaba uchun maydonga tushamiz".

Serhio Ramos haqida:

"Ramos - ajoyib sardor, u bu vazifani ajoyib tarzda uddalayapdi. U barcha javobgarlikni bo'yniga olgan. "Madrid" sardori bo'lish juda murakkab.

Vinisius haqida:

"Vinisiusga o'xshagan o'yinchi paydo bo'lganda, har doim ham u haqida ba'zi illuziyalar bor, u juda ko'p ijobiy jihatlarga ega, yosh va u juda ko'p narsalarga qodir. Undagi iste'dod aqlbovar qilmas darajada. Men uni "Madrid" asosiy jamoasining futbolchisi bo'lishini xohlayman. Uning o'rganadigan narsalari ko'p, u endigina 18 yoshda".

Lopetegi jamoasi bilan taqqoslash:

"Bu haqida gapiradigan payt emas. Biz ikkita yaxshi uchrashuv o'tkazdik. Jamoa hali o'yinini yaxshilashi kerak. Har qanday jamoa o'sishdan to'xtamasligi kerak, xattoki ularda hammasi joyida bo'lsa ham.

Darvozabonlar haqida:

"Ertaga hammasiga guvohi bo'lasiz. Asosiy tarkibni aytishni niyat qilmaganman".

Bobojonov

BestMaster
7 Noyabr 2018, 10:20
solari, chempionlar, ligasiga, qaytish, juda, yoqimli,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 u7777u  
Омад реалга
7 Noyabr 2018, 10:56
 letenant007894  
Hudo hohlasa VIKTORIYA PLZEN 0-5 REAL MADRID
7 Noyabr 2018, 13:28
 straker  
Real o'ziga kelyapti
7 Noyabr 2018, 13:38
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads