Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Uning iste'dodini inkor etish mumkin emas...

Родриго восхитителен, как и Винисиус

"Santos" tarbiyalanuvchi nima sababdan "Real" uni sotib olganini isbotlamoqda.

Rodrigo Silva de Goes barchamizga Rodrigo nomi bilan tanish bo'lgan futbolchi o'zining professional futbolchilik faoliyatining birinchi mavsumini yakunladi. Va bu oddiy bo'lmadi. U Braziliyaning eng katta klubida to'p suradi, "Madrid" bilan shartnoma imzoladi va u endilikda 20 yoshgacha bo'lgan Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etish va Jahon chempionatida qatnashish huquqiga ega bo'ldi. 17 yoshli hujumchi hozirda Braziliya asosiy jamoasining ham diqqat markazida bo'lib turudi. Braziliya termasi bosh murabbiyi Tite diqqat bilan yosh hujumchini kuzatmoqda va yaqin oylarda uni terma jamoaga chaqirishni rejalashtirmoqda.

So'nggi press-konferensiyasida Tite aynan Rodrigo terma jamoaga chaqirilishiga oz qoldi deya aytib o'tgan edi. Shuningdek, murabbiy yosh hujumchi jismoniy xolatini yaxshilab olishi kerakligini aytib o'tadi (tashqi ko'rinish jihatdan). Xa, u hali juda yosh o'sishda davom etadi.

Rodrigo 2017-yil 1-noyabr kuni proffessional futbolchilik shartnomasiga imzo chekdi. U 16 yoshida Braziliya A seriyasida debyut qildi. Hozirda 17 yoshli hujumchi o'z jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylanib oldi, garchi hali yosh bo'lsada. Agarda uning statistikasiga qaraydigan bo'lsak ham bu o'z aksini topadi - 10 ta gol.

Shuningdek, Braziliya chempionatida Rodri assistentlar borasida 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Unda ajoyib tezlik va qarshi hujumlarga qochish imkoniyati yuqori. "Bolakay" Braziliya chempionatida raqiblarning eng xush ko'rmaydigan futbolchilaridan biri sanaladi. Raqiblar Rodriga nisbatan qo'pollik ishlatib 18 marta sariq kartochka olishgan va ikki marta qizil. Bu ko'rsatgich bo'yicha Rodrigo chempionatda 2-o'rinni egalladi. 

Uning ta'lantini inkor etish mumkin emas. Xabarlarga ko'ra, bu bolakay 9-yanvar kuni "Bernabeu"ga keladi.

Bobojonov

BestMaster
5 Noyabr 2018, 21:10
uning, istedodini, inkor, etish, mumkin, emas,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 tento  
Bo'lajak Ronaldu bo'lsa yaxshi bolardi
6 Noyabr 2018, 08:40
 u7777u  
Ажойб кел реалда булажак юлдуз
6 Noyabr 2018, 08:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads