Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Koentrau: Faoliyatim davomida ko'p pul topdim, lekin baxt topmadim

Sobiq "Real" futbolchisi Fabio Alexandre da Silva Koentrau Ispaniyaning MARCA nashriga intervyu berib o'tdi.

"Men juda ko'p joylarda futbol o'ynadim, xatto jahonning eng kuchli klubida ham o'ynadim. Ammo o'zimni baxtli xis etmadim. Muntazam jarohatlar omadsizliklar meni ketimdan qolmas edim va yakunda ushbu jamoa ("Rui Ave") ni tanladim. Bu yerda meni hamma yaxshi ko'radi, chunki men bu klubda ulg'aydim. Ular meni 13 yoshimdan beri bilishadi. Hozirda bu klubda bor yo'g'i 400 yevroga futbol o'ynayapman, biroq juda baxtliman. "Real"dan ketayotganimda "Sporting" va yana boshqa klublardan qo'ng'iroqlar bo'ldi ammo men o'zimning unib o'sgan jamoamga qaytishni tanladim. Shu yoshgacha yaxshigina pul to'pladim, lekin baxt topa olmadim", - deydi Koentrau.

Eslatib o'tamiz, Koentrau ushbu yozda "Real" bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib "Rui Ave" klubiga qaytdi. Hozirda ushbu jamoa Portugaliya chempionatida 24 ochkolik imkoniyatdan 17 ochko jamg'arib o'z tarixida ilk bor 4-o'rinda ketmoqda va peshqadam "Portu"dan 1 ochkoga ortda qolayapdi. Koentrau esa jamoa tarkibida yetakchilardan biriga aylangan. Xususan, "Braga" bilan o'yinda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bobojonov

BestMaster
3 Noyabr 2018, 11:10
koentrau, faoliyatim, davomida, topdim, lekin, baxt, topmadim,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads