Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real", "Barsa", "MYU" va boshqa grandlar Chempionlar Ligasidan chiqib ketib, Superliga tashkil etilishiga rozi

16 команд выступают за создание европейской Суперлиги

Bizni yangi futbol davri kutmoqdami? 

Yevropada yangi Yevropa Superligasi tashkil etilishi va Chempionlar Ligasi tugatilishi har qachongidanda yaqin. Hozirda buni tasdiqlovchi xujjat ham tayyor bo'ldi.

Yevropa Superligasida 16 ta Yevropaning katta tarixga va mavqeyga ega klublari ishtirok etadi. Hozircha 11 ta klub nomi aniq va ular 20 yil davomida turnirda ishtirok etishi kafolatlangan. Va yana 5 ta klub "mehmon" sifatida qatnashadi. Turnir 2021-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Quyidagi 11 ta klub ligada qatnashishadi: "Real Madrid", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Bavariya", "Yuventus", "Chelsi", "Arsenal", "PSJ", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Milan". Mehmon jamoalar esa: "Atletiko", "Borussiya Dortmund", "Marsel", "Inter" va "Roma". Mehmon jamoalar har yili o'zgarib turadi, yuqoridagi 11 ta klub esa 20 yil qatnashishi kafolatlangan.

Agarda ushbu 16 ta klub Superligada ishtirok etishga rozi bo'lib shartnomaga imzo cheksa va Chempionlar Ligasi yakunlanadi va yangi futbol davri boshlanadi.

Hozirda yuqoridagi 11 ta klub xususan "Real Madrid" ham Superliga tashkil etilishiga rozilik bildirdi. Shartnoma ushbu noyabr oyida imzo chekilishi kerak.

Bobojonov

BestMaster
3 Noyabr 2018, 10:40
barsa, boshqa, grandlar, chempionlar, ligasidan, chiqib, ketib, superliga, tashkil, etilishiga, rozi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads