Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Deyan Lovren: "Men dunyodagi eng yaxshi 5 himoyachining biriman. Ramos mendan ko'proq xato qiladi"

"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren o'zini dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb bilmoqda va "Real" himoyachisi Serxio Ramos haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren o'zini dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb bilmoqda va "Real" himoyachisi Serxio Ramos haqida fikr bildirdi.

"Men o'zimni eng yaxshilardan biriman deganman, eng yaxshisi emas. Top-5 ga kirsam kerak. Menga EChL finalida o'ynab, bir oydan so'ng Jahon chempionati finalida o'ynagan futbolchini topib bering. Men bundaylar ichida Terri Anridan so'ng ikkinchiman. Men bu ma'lumotni qidirdim. Har ikki finalda mag'lub bo'lgan ersamda, hurmatga munosibman.

Qandaydir noto'g'ri so'zlar aytib qo'yganim yo'q. Albatta, mening xeyterlarim bunga qo'shilmaydilar. Nima ham derdim? Hech kim idealmas. Odamlar doim sening xatongni kuzaktadilar, yaxshi tomonlaringga qaramaydilar. Men bunchalik nafratga loyiq emasman.

Serxio Ramosga qarang, u mendan ko'proq xato qiladi. Ammo u "Real"da, jamoa 1:5 yoki 2:5 hisobida yutqazsa hech kim bunga e'tibor bermaydi. Menga bu tomondan omad kulib boqmagan. Agar men xato qilsam albatta 0:1 hisobida yutqazamiz. Ammo men bunga chiday olaman. Mening o'rnimda xatosiz o'ynash mumkinmas", - deydi Lovren.

BestMaster
1 Noyabr 2018, 15:00
deyan, lovren, dunyodagi, yaxshi, himoyachining, biriman, ramos, mendan, koproq, xato, qiladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 balee  
Ramos har tomonlama sendan kuchlirok hato kilsaham
2 Noyabr 2018, 10:43
 piter  
Nega
2 Noyabr 2018, 12:10
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads