Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegi antirekord bilan «Real»ni tark etdi

«Real» rahbariyati kecha bosh murabbiy Xulen Lopetegini iste'foga chiqardi.

.
- Yuklab olish

«Real» rahbariyati kecha bosh murabbiy Xulen Lopetegini iste'foga chiqardi. Ispaniyalik murabbiy qo'lostida "qaymoqranglilar" 14ta o'yinda maydonga tushib, ularda 6ta g'alabaga erishdi, 2ta durang o'ynadi va 6 marta yutqazdi.

Lopetegining Madriddagi ish faoliyati 137 kundan iborat bo'ldi. Bu esa Florentino Peres prezidentlik davridagi (2000-2006; 2009-hozirgacha) eng qisqa murabbiylik faoliyati bo'ldi.

Avvalgi antirekord klubni 2005/06 yilgi mavsumda boshqargan Xuan Ramon Luis Karoga tegishli edi. Bu mutaxassis "Qirollik klubi"da 178 kunlik mehnatidan keyin iste'foga chiqarilgan.

Darvoqe, Peresning rahbarlik davrida eng kam ishlagan murabbiy bor — Xose Antonio Kamacho (117 kun). Ammo u o'z xohishi bilan jamoani tark etgan.

"Real" klubini vaqtinchalik boshqarish vazifasi «Kastilya» bosh murabbiyi Santyago Solariga topshirildi. Reglamentga ko'ra, u bu vazifada 15 kundan ortiq ishlashi mumkin emas.

BestMaster
30 Oktyabr 2018, 08:00
lopetegi, antirekord, bilan, «real»ni, tark, etdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads