Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegi: Hozir oktyabr oyidamiz, ishonchim komil mavsum oxirida xursandchilik qilamiz

"Real" ustozi Xulen Lopetegi "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng ISTE'FO bermadi.

"Juda alamli mag'lubiyat, kuchli zarba. Tanaffusdan so'ng vaziyatn o'nglashimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda biroz yaxshi o'ynadik. Bizda o'yinga qaytish imkoniyati mavjud edi. Ammo Suarezning goli hammasiga nuqta qo'ydi. Natija o'yinda aks ettirilmadi, buni qabul qilishimiz kerak.

Men xafaman. Kiyinish xonasida ham shu vaziyat. Kuchli mag'lubiyatga uchradik. Ammo bizda kuch bor, hali oktyabr oyidamiz. Hammasini o'zgartirish uchun vaqt bor. Men butunlay jamoaga ishonaman. Men mavsum oxirigacha jamoada ishlash uchun yetarli kuchga egaman. Men kelajagim haqida qarorni qabul qilmayman. Men jamoa murabbiyiman xolos.

Men futbolchilarmni tanqid qilmoqchi emasman, buning payti ham emas. Buni mendan kutmang. Men ularning ruxiyatini yaxshilashni o'ylamoqdaman. 

Tarkib borasida pushayman emasman. Xulosani aprel yoki may oylarida qilasiz. Jamoaning kelajagi oldinda. Sportda, xususan futbolda natijaga murabbiy javobgar. Ammo g'alabada ham mag'lubiyatda ham biz birgamiz. Biz oktyabr oyidamiz, ishonchim komil mavsum oxirida xursandchilik qilamiz. Biz birga qo'lni-qo'lga berib kuch to'plashimiz kerak. Chunki hech kim tashqaridan bizga yordam bermaydi", - deydi Lopetegi.

Bobojonov

BestMaster
29 Oktyabr 2018, 00:00
lopetegi, hozir, oktyabr, oyidamiz, ishonchim, komil, mavsum, oxirida, xursandchilik, qilamiz,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Қолган уйин нахуй кирак бугун син реалди улдирдиг
29 Oktyabr 2018, 00:10
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads