Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» «el-klasiko»ga mos bo'lmadi...

Ispaniya Li ligasining 10-turi doirasida "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yinda Lopetegi shogirdlari juda yirik hisobida mag'lub bo'lishdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya Li ligasining 10-turi doirasida "Barselona" va "Real" jamoalari o'rtasidagi o'yinda Lopetegi shogirdlari juda yirik hisobida mag'lub bo'lishdi.

Kataloniyaliklar o'yin boshidan "Qirollik klubi"ga nisbatan kuchli pressing qo'llab, raqibga o'z o'yinini ko'rsatish imkonini bermadi. Mezbonlar bahsning 11-daqiqasida uyushtirgan ilk xavfli hujumni golga aylantirishdi. Albaning chap qanotdan bergan pasini Koutino "qaymoqranglilar" darvozasiga joylab qo'ydi.

Madridliklar ha deganda hujumga o'tishmadi. Natijada navbatdagi gol ham ular darvozasidan o'rin oldi. Hakam VAR yordamida penalti belgiladi va Suares 11 metrli jarima zarbasidan samarali foydalandi.

Ikkinchi bo'limda "Real" o'ziga keldi va "Barsa" darvozasi tomon bosim uyushtira boshladi. Uchrashuvning 50-daqiqasida Isko o'ng tomondan jarima maydonchasiga kirdi va so'nggi chiziq oldidan darvoza oldiga pas berdi. Roberto to'pni qaytargandek bo'ldi, ammo to'p uzoqqa ketmadi. Marselo to'pni egalladiyu, yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.

Shundan so'ng mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun 2ta juda yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi. Modrichning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytgan bo'lsa, Benzema yaqin masofadan bosh bilan darvozani  ishg'ol eta olmadi.

Luis Suares qarshi hujumda 3:1ga etkazdiyu, buyog'iga "Real" o'yinni tashlab yubordi. Oqibatda "ko'k-anorranglilar" istalgancha hujum tashkil qilishdi. Bu o'yinda Luis Suares xet-trikga erishgan bo'lsa, Arturo Vidal "Barsa" safidagi ilk golini urdi. Yakuniy hisob — 5:1.

Ispaniya La ligasi, 10-tur
Barselona – Real Madrid 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 11 Koutino, 2:0 – 30, penalti Suares, 2:1 – 50 Marselo, 3:1 – 75 Suares, 4:1 – 83 Suares, 5:1 – 87 Vidal.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 84), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 69), Rakitich, Koutino (Dembele, 74), Suares.
Real Madrid – Kurtua, Varan (Vaskes, 46), Marselo (Dias, 82), Nacho, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl (Asensio, 77), Benzema.
Ogohlantirishlar: Rakitich (38), Nacho (39), Beyl (53), Suares (77).

BestMaster
28 Oktyabr 2018, 22:40
«real», «el-klasiko»ga, bolmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 ruziboy1997  
Va ha ha ha ?ha
28 Oktyabr 2018, 22:43
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017