Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ning BBC hujumchilar uchligi zaxira tarkibiga qarshi

«Real»ning BBC (Beyl-Benzema-Krishtianu) hujum uchligi zaxira futbolchilari ko'rsatgan o'yinlardan keyin tanqidlar ostida qolib ketdi.

.
- Yuklab olish

«Real»ning BBC (Beyl-Benzema-Krishtianu) hujum uchligi zaxira futbolchilari ko'rsatgan o'yinlardan keyin tanqidlar ostida qolib ketdi. “Real”ning zaxira tarkibi asosiy tarkib bo'lishi kerakmi?

“Real” La Ligani yutib olishi uchun 3 o'yinlik g'alaba qoldi. Klub “Sevilya”ni o'zida qabul qiladi, “Selta” bilan qoldirilgan o'yin bor, so'nggi turda “Malaga”ga qarshi bahs. Jamoa shundan 2 uchrashuvni mehmonda o'tkazadi. Safar uchrashuvlari “Real B”ning maxsus mashg'ulotiga aylanib ulgurdi.

“Qirollik klubi”ning zaxira o'yinchilari “Deportivo”, Sporting Xixon”, “Leganes”, “Eybar” va “Granada”ga qarshi bahslarda o'zlarini ko'rsatishdi. “Deportivo” ustozi Pepe Mel Isko, Xames, Morata boshchiligidagi zaxira o'yinchilaridan 6-2 hisobidagi qaqashatqich mag'lubiyatni qabul qilib olgach, “Real”ning zaxira tarkibi asosiy tarkibdan yaxshiroq ekanini ta'kidlab o'tdi.

Agarda voqelikka xolis qaraydigan bo'lsak, nafaqat Pepe Mel buni tan olmoqda, butun ispan matbuoti ham buni bot-bot ta'kidlab kelishmoqda. AS va Marca sport gazetalari Isko, Xames va Moratalarni Beyl va Benzemadan afzalroq ekanini yozishmoqda.

Biroq, bosh murabbiy Zinedin Zidan BBC uchligini ma'qul ko'rmoqda. Fransiyalik mutaxassis Anchelottidan qolgan ierarxiyani ma'qul ko'rmoqda. Benzema, Beyl va Ronalduning sport formasi oldingidek emas. Bu holatda bosh murabbiyni ham ayblash noo'rin. Albatta, fransiyalik murabbiy o'z jamoasini juda yaxshi biladi. Ayniqsa, kiyinish xonasidagi sirlarni.

BBC «B tarkib»ga qarshi

Zizuning «El klasiko»da Beylni maydonga tushirish qarori Uelslik futbolchiga navbatdagi jarohatni taqdim etdi. Beyl « Real »ga kelganidan beri 17-jarohatini oldi. Biroq, « Real » ustozining imkoniyatlari chegaralanmagan. “Barselona”dan farqli o'laroq, Zidan o'zining asosiy hujumkor uchligini Xames, Isko, Asensio kabi futbolchilar bilan to'ldira oladi. Bularning barchasi mavsum davomida barcha musobaqalarni hisoblaganda 30 talab gollar urgan. Zidan o'z jamoasi uchun ajoyib formula ishlab topgan. Ramos ham ta'kidlaganidek, klubda “barcha yugurishi kerak”. Zaxira tarkibi ancha yosh, g'alabalarga chanqoq. Zidan hozirgacha ikki tarkib orasidagi muvozanatni ta'minlay olmoqda. Nechog'lik omadli chiqqanini esa mavsum yakunida bilib olamiz.

BestMaster
10 May 2017, 18:54
«real»ning, hujumchilar, uchligi, zaxira, tarkibiga, qarshi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 10
 Morata  
Zaxira xujumchilari nafakat kuchli
10 May 2017, 21:16
Crishtiano
 Crishtiano  
Ha albatta
26 Noyabr 2017, 23:07
Crishtiano
 Crishtiano  
Wy,jmum.
26 Noyabr 2017, 23:07
Crishtiano
 Crishtiano  
.j.j.j.j.j.j.
26 Noyabr 2017, 23:08
Crishtiano
 Crishtiano  
Morata
26 Noyabr 2017, 23:09
Crishtiano
 Crishtiano  
Xames
26 Noyabr 2017, 23:09
Crishtiano
 Crishtiano  
Isko
26 Noyabr 2017, 23:10
Crishtiano
 Crishtiano  
Ronaldu
26 Noyabr 2017, 23:11
Crishtiano
 Crishtiano  
Ronaldu
26 Noyabr 2017, 23:11
Crishtiano
 Crishtiano  
Beyl
26 Noyabr 2017, 23:14
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads