Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Marselo: Ronaldu ketishni xohladi, "Real" esa o'z yurishini davom ettiradi

"Real" himoyachisi Marselo Marca nashriga intervyu berib o'tdi.

"Ta'til tugadi va biz mavsum Ronaldusiz tayyorgarlik bilan boshladik. Biz biroz xafa bo'ldik va uni ketishini kutmagan edik. "Real" - buyuk klub, Ronaldu esa buyuk futbolchi. Lekin klub hamisha futbolchidan ustun. "Real" tarixi qudratli, bu tarixda esa Ronaldu o'z ismini qoldirib ketdi. Futbolchi ketishni xohladi, "Real" esa o'z yurishini davom ettiradi.

"Kam Nou"da o'ynash, "Real" libosini kiyish - bu ajoyib. Barcha ishqibozlar bizga qarshi, bu katta motivatsiya beradi. Klasikoda kamroq xato qilgan jamoa g'alaba qozonadi. Biz diqqatli bo'lishimiz kerak, "Barselona" hujumchilarini qanday kuchga ega ekanliklarini bilamiz.

"Real"ga o'tayotganimda maqsadlarimdan biri "Klasiko"da g'alaba qozonish edi. "Barselona"ga qarshi o'ynash yoqimli. Bu mavsumning boshimi, oxirimi, o'yin vaqtida dunyo to'xtab qoladi. Har bir futbolchi bu uchrashuvda o'ynashni istaydi, mening esa ko'p marta o'ynab omadim kelgan", - deya fikr bildiradi Marselo.

Bobojonov

BestMaster
27 Oktyabr 2018, 17:00
marselo, ronaldu, ketishni, xohladi, real, yurishini, davom, ettiradi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads