Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Benzema Nistelroyni ortda qoldirdi

Fransiyalik ovchi Raulni quvishga tushdi.

"Real Madrid" hujumchisi Karim Benzema kecha Chempionlar Ligasi o'yini doirasida gol kiritganidan xabaringiz bor. Benzemaning kechagi goli Chempionlar Ligasidagi o'zining 57-goliga aylandi (12 tasi "Lion"da). Bu orqali "snayper" soqib "Qirollik klubi" hujumchisi Ruud van Nistelroyni ortda qoldirdi.

Endilikda faqatgina uch nafar futbolchi Chempionlar Ligasida Karimdan ko'proq gol kiritgan: Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Raul. Karim Mustafo Benzema Chempionlar Ligasida gol kiritish bo'yicha afsonaviy hujumchilar Terri Anry, Alfredo Di Stefano, Dide Drogba va Andrey Shevchenko kabi afsonalardan ko'proq gol kiritgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Benzema 14 mavsumda beri CHLda gol urib Raul va Messidan keyingi natijani qayd etgani haqida xabar berib o'tgan edik.

Bobojonov

 

BestMaster
24 Oktyabr 2018, 19:40
benzema, nistelroyni, ortda, qoldirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads