Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

El Pais: "Real" Mourinyoni qaytarmoqchi

"Real Madrid" "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni bosh murabbiy qilishni rejalashtirmoqda.

El Pais nashri xabariga ko'ra "Real" Mourinyo bilan a'loqaga chiqib uni ortga qaytarishga urinib ko'rmoqchi. Bu g'oyani "Qirollik klubi" vitse-prezidenti Xose Anxel Sanches ilgari surdi.

Mourinyoning ham ayni damda Angliyada ishlari yaxshi emas va ayni damda iste'foga chiqishi ham mumkin. Biroq Jozening o'zi "qizil iblislar" postidan ketishni xohlayotgani yo'q, bu haqida kecha "Yuve" bilan o'yin oldidan press-konferensiyada aytib o'tdi.

Agar Mourinyo "MYU" shartnomaning oxirigacha (2021-yilgacha) ishlasa 60 mln yevro ishlab topadi. Biroq Mankunianliklar uni iste'foga chiqarsa 30 mln yevro kampetsatsiya pulini oladi (jarima).

Hozirda Antonio Konte va Joze Mourinyo nomzodlari eng yaqin deya qaralmoqda, ikkala nomzod ham Peresga manzur. Biroq bir qator futbolchilar bunga qarshilik qilishi mumkin. Zotan yozda jamoa sardori Serhio Ramos Antonio Konte bosh murabbiy bo'lishiga norozilik bildirgan edi.

Bobojonov

BestMaster
23 Oktyabr 2018, 19:40
pais, real, mourinyoni, qaytarmoqchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads