Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronaldu: "Messi, Neymar, umuman, butun boshli «Barselona»dan kuchliroqman"

Krishtianu ayni damda 32 yoshida fantastik darajada o'yin ko'rsatayotgan sanoqli futbolchilardan biri. 

.
- Yuklab olish

Krishtianu ayni damda 32 yoshida fantastik darajada o'yin ko'rsatayotgan sanoqli futbolchilardan biri. Xo'sh, buning siri nimada? Umuman, Ronaldu o'zining ayni damdagi holatidan qoniqadimi?

— Siz har bir chempionatning, u qaysi doiradagi musobaqa bo'lsin, asosiy o'yinchilaridan birisiz. Buni his qilish yoqimli bo'lsa kerak?

— Albatta. Bundan zavqliroq hissiyot bo'lmasa kerak. Bu natijaga erishish uchun ancha mehnat qilishimga to'g'ri keldi. Ammo hali o'z ustimda ishlashda davom etaman. Hali erishishim kerak bo'lgan maqsadlarim ko'p.

— Ma'lumki, ilgari «Manchester Yunayted»da to'p surgansiz. Hozir esa «Real»da o'ynayapsiz. Sizningcha, bu ikki klubning bir-biridan farqi nimada?

— Bilasizmi, «Manchester» men uchun qadrliroq. Chunki men bu klubda tanilganman, xalqaro maydonlarga qadam qo'yganman. «Real» esa muhimroq. Negaki men Madridda tajriba orttirdim. Bu erda oldingi klubimga qaraganda bosim, raqobat kuchliroq. Bu esa o'z ustingizda ko'proq ishlashga majbur qiladi. Masalan, maydonda dastlab men tepgan to'p noto'g'ri ketishi, aniqrog'i, to'p menga kelganida oyog'im o'z-o'zidan qaltirashi mumkin. Bu bosimga bo'ysunish, degani. O'z ustingizda ishlayversangiz, shu bosimdan qutulib, bora-bora tajribangiz oshadi, professional bo'lib boraverasiz.

— Gazetalarda siz va «Real» haqida turli fikrlar chop etiladi...

— Matbuot kun bo'yi tinimsiz maqolalar chop etadi. Ba'zilari haqiqatga yaqinroq, aksariyati esa mish-mish. Aqlli odam o'zi kerakli xulosani chiqarib olaveradi. Olaylik, biror gazeta «Real» kuchsiz degani bilan dunyoning eng kuchli jamoasi tajribasiz bo'lib qolmaydi. Menga keladigan bo'lsak, Ronaldu haqida yozish matbuotning xobbisiga aylanib ulgurdi. Eng alam qiladigani, buning sababini bilmayman. Nima, mendan boshqa ishlari yo'qmi?! Hatto ba'zi fikrlarni o'qib, etim jimirlab ketadi. Biroq men tanqidchilarni ham hurmat qilaman. Chunki, garchi noto'g'ri bo'lsa-da, ularda men haqimda tasavvur bor. O'yinlarimni kuzatishadi, fikr bildirishadi. Bu, har holda, sen haqingda umuman gapirmagandan ko'ra yaxshiroq. Qolaversa, mening qanday futbolchi ekanligimni hamma biladi. Men biror kishining fikri bilan mahoratsizga aylanib qoladigan o'yinchilardan emasman.

— «Bernabeo»da Joze Mourinoni tinimsiz hushtaklar bilan qarshi olishar, unga tinimsiz norozilik bildirishardi. Bunga munosabatingiz qanday?

— Agar ishqibozlar jazavaga tushishyaptimi, demak, ular nimadandir norozi va ularning fikri bilan hisoblashishing shart. Biroq muxlislar Jozega nisbatan sabrliroq bo'lishlari kerak edi. Chunki, men aniq bilaman, Joze «Real»ning eng yaxshi bo'lishi uchun har narsaga tayyor edi. Ammo unda ham ayb bor. Negaki chempion bo'lish uchun Mourinoga hamma imkoniyat yaratib berilgandi. Biroq u buni uddalay olmadi. Men ushbu mutaxassisni eng kuchli murabbiy, deb hisoblayman. Chunki u klubi uchun asabiylashadi, jazavaga tushadi, xullas, o'limga ham tayyor bo'ladi. Men ikki xil Jozeni bilaman. Birinchisi, hazilkash, ochiqko'ngil, dilkash inson, yaxshi suhbatdosh. Tushkunlikka tushganingizda kayfiyatingizni ko'tara oladi. Sizga kerak narsani bera oladi. Ikkinchisi esa qattiqqo'l, jiddiy. Lekin bu ikkala Jozeni bir jihat — samimiylik bog'lab turadi.

— Karerangizda deyarli barcha kunlaringiz omadli kechgan. Buning siri nimada?

— Biror sohada eng yaxshi bo'lish uchun ko'proq o'rganish kerak. Futbolda ham shunday. Maydonda qachon yugurish, qaysi paytda to'pni tepish, qanday hollarda bosh bilan harakat qilishni o'rganish lozim. Mening falsafam ham mana shu. Men shuhratparastman. Menga e'tibor berishlarini, maydonda hukmdor bo'lishni istayman. Axir buning yomon tomoni yo'q.

— O'g'lingiz futbolchi bo'lishini istaysizmi?

— Xohlayman, lekin bu u, albatta, futbolchi bo'ladi, degani emas. O'g'lim qiziqqan sohasini egallashi mumkin. Bunga hech qachon to'sqinlik qilmayman.

— Mashhurlikni qanday tushunasiz va qanday qabul qilasiz? Bugungi mashhurligingizdan afsuslangan paytlaringiz bo'lganmi?

— Mashhurlik ham yaxshi, ham yomon. Yaxshi tomoni, ko'pchilikning diqqat markazida bo'lasan. Yomon tomoni shuki, ba'zi narsalarni yo'qotishga, aniqrog'i, ulardan voz kechishga majbur bo'lasan. Ammo bu — mening ishim. Bundan afsuslanmayman, chunki qachonlardir shuning uchun harakat qilganman.

— Bugungi kunda Ronalduga qanday ta'rif berasiz?

— Ayni damda men Messi, Neymar, umuman, butun boshli «Barselona»dan kuchliroqman!

Futbol olamida o'ziga xos xarakteri, ba'zi paytlarda qaysarligi, eng muhimi esa ajoyib o'yinlari bilan munosib o'rnini topib borayotgan Krishtiano Ronalduning haqiqiy zafarlari hali oldinda. Biz esa bu futbolchining Portugaliya va «Real» safida yanada porlashini, har jabhada etakchi bo'lishini tilab qolamiz. Omad senga, Krishtianu.

BestMaster
19 Iyun 2017, 19:00
ronaldu, messi, neymar, umuman, butun, boshli, «barselona»dan, kuchliroqman,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 16
12 >>
 SHAHBOZ  
NEMAR99 VA XABUBULLA ULARDAN RANALDO KUCHLI TUSHUNDILAR
19 Iyun 2017, 22:23
 SHAHBOZ  
qwert sen esa qo'toqni yspsan tushundingmi gandon
19 Iyun 2017, 22:24
 AntiBarca  
Tan olarin Ronaldo barbr Nomer_1
20 Iyun 2017, 00:13
 Cr7zor  
O' yibAnitola Ronaldu baribir zo'r
20 Iyun 2017, 00:39
 Cr7zor  
Sanlaniyam Messingniyam ko'tini tagiga qo'yadi
20 Iyun 2017, 00:40
 ramos4  
Salom fonatdoshla!! Yaqinda profil ochdim barsachila xuyyet qilyatdi mi, qoto bormikin real saytida.
20 Iyun 2017, 02:13
 Morata  
Maktanma roni sen 35 chikkanda zlatandek oynolisanmi a xaxa yok oldin Leo dek bovol xop keyin gapir simulant
20 Iyun 2017, 03:45
 Realno1  
Ja manmalik ku bu ronaldo kamtar böl
20 Iyun 2017, 07:37
 Marcelo  
Ey qotagim beline barcelona ga qotaq qoydim. So messiding qotagin sorip jating axa am jalaqlar
20 Iyun 2017, 12:32
 uz-navoiy  
Onangni omini yepsan kiriwti ewak!
20 Iyun 2017, 13:18
12 >>
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads