Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegi taqdirini hal qiladigan 5ta o'yin

FIFA kunlaridan keyin "Real" 2 hafta ichida 5ta o'yin o'tkazadi.

.
- Yuklab olish

FIFA kunlaridan keyin "Real" 2 hafta ichida 5ta o'yin o'tkazadi. Mazkur o'yinlar jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegining taqdirini hal qiladi.

Ispaniyalik mutaxassis "FIFA virusi" bilan tanishib oldi: Garet Beyl terma jamoa safidan jarohat bilan qaytdi. U hozirda jarohatini davolash uchun individual tarzda shug'ullanmoqda. Uelslik futbolchi "Levante"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Levante"ga qarshi o'yin Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi. Shundan so'ng "Qirollik klubi" hafta o'rtasida Plzenning "Viktoriya" klubiga qarshi Evropa chempionlar ligasining 3-tur bahsini o'tkazadi. Tabiiyki, "Madrid" muxlislari bu o'yinlarda nafaqat g'alabani, balki sifatli o'yinni ham kutishmoqda.

28 oktyabr kuni esa "Real"ni "Kamp Nou"da "Barselona" kutib oladi. Ko'pchilik mana shu bahs Lopetegining taqdirini hal qilishini taxmin qilmoqda. Agar "ko'k-anorranglilar" azaliy raqibini yaqqol ustunlik bilan mag'lub etsa, Florentino Peres murabbiy orasida o'ylab qo'ygan zaxira rejasini amalga oshirishiga to'g'ri keladi.

Madridliklar "el-klasiko"da ijobiy natija qayd eta olishmasa, Ispaniya kubogi doirasida bo'ladigan o'yinni jamoa yangi murabbiy qo'lostida o'tkazishi mumkin. Bu bosqichda "qaymoqranglilar"ga quyi divizion jamoalaridan biri raqib bo'ladi. Raqib nomi ertaga tashlanadigan qur'adan so'ng aniq bo'ladi. Kubok bahsida Lopetegi tarkib borasida bemalol rotatsiyani amalga oshirishi mumkin.

Noyabr oyi boshida "Real" o'z maydonida Ronaldoning "Valdolid" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Mana shu o'yinlardan keyin "Real" prezidenti bir qarorga keladi: Lopetegi o'z ishini davom ettiradi yoki iste'foga chiqariladi.

"Real Madrid"ning navbatdagi 5ta o'yini:
20 oktyabr. "Real" - "Levante" (La liga, 9-tur)
23 oktyabr. "Real" - "Viktoriya" (EChL, 3-tur)
28 oktyabr. "Barselona" - "Real" (La liga, 10-tur)
31 oktyabr. Ispaniya kubogi bahsi
3 noyabr. "Real" - "Valyadolid" (La liga, 11-tur)

BestMaster
18 Oktyabr 2018, 09:50
lopetegi, taqdirini, qiladigan, oyin,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads