Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniyada mashg'ulotlarda qatnashayotgan yosh futbolchilar Madrid bo'ylab sayohat qilishdi (foto)

"Real Madrid" klubi akademiyasi va O'FA o'rtasida tuzilgan kelishuvga asosan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 22 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha...

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" klubi akademiyasi va O'FA o'rtasida tuzilgan kelishuvga asosan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 22 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha master klasslarda ishtirok etib, tajribalarini oshirish maqsadida Ispaniyaning Madrid shahriga jo'nab ketgani haqida xabar bergan edik.

“Real” klubi akademiyasida xorijlik mutaxassislar qo'l ostida mashg'ulot va master klasslarda ishtirok etayotgan futbolchilarimiz Madrid shahri bo'ylab sayohatga chiqishdi. Dastlabki tashrif “Real” stadioni hamda muzeyiga bo'ldi.

“Real” klubi muzeyiga tashrif buyurgan bolalarga maxsus biriktirilgan xodim, muzey xonalari, muzeydagi eksponatlar, klub tarixi, klubga mehnati singgan futbolchilar, xodimlar bilan tanishtirdi. Muzeydagi eksponatlar, muzey haqidagi ma'lumotlar o'zbekistonlik yosh futbolchilarda juda ham katta qiziqish uyg'otdi. Bolalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan muzey xodimiga murojjat qilib, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni oldilar.

Shundan so'ng “Real” stadioniga tashrif amalga oshirildi. Stadionning kiyim almashtirish xonalari, mashg'ulot maydoni, asosiy stadion, hamda boshqa binolar bilan tanishishdi. “Santyago Bernabeu”ning restoraniga kirishganda, stadion mutasaddilari tomonidan ularga syurpriz tayyorlab qo'yilgan ekan. Ular ushbu restoranda “Real” mutaxassislari bilan birgalikda bayramona tushlik qildilar.

Stadion hamda muzey bilan tanishib bo'lgach, bolalar Madrid shahridagi tarixiy obidalar, diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi. Sayohat yaxshi o'tishi uchun klub tomonidan barcha qulayliklar yaratib berildi. Ushbu sayohat bolalarning bir umr yodlarida qolib, ularning futbolga bo'lgan qiziqishlarini orttirishi shubhasiz.

Bugundan boshlab, “Real” akademiyasida o'tkazilayotgan mashg'ulotlar davom ettiriladi.

BestMaster
4 Oktyabr 2018, 11:30
ispaniyada, mashgulotlarda, qatnashayotgan, yosh, futbolchilar, madrid, boylab, sayohat, qilishdi, foto,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads