Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

O'zbekistonlik bolalar «Real Madrid» akademiyasida mashg'ulot boshladi

O'zbekistonlik 22 nafar yosh iqtidor Madrid shahriga etib bordi hamda “Real” futbol akademiyasida mashg'ulotlarga kirishdi.

.
- Yuklab olish

O'zbekistonlik 22 nafar yosh iqtidor Madrid shahriga etib bordi hamda “Real” futbol akademiyasida mashg'ulotlarga kirishdi.

O'FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning yil boshida Ispaniyaga qilgan tashrifidan keyin “Real” futbol akademiyasi bilan hamkorlik aloqasi yo'lga qo'yilgandi. Buning mantiqiy davomi sifatida shu yilning iyun oyida akademiyaning uch mutaxassisi Toshkentga kelib, ikki hafta davomida o'zbekistonlik 300 nafar futbolchi bo'lish orzusidagi bolalar bilan mashg'ulot o'tkazdi. 

Bunda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi har bir viloyatga teng kvota ajratgan bo'lib, 300 nafar iqtidor egalari bir qator sport shartlar asosida saralab olingan. “Real” akademiyasi bilan tanishish istagida bo'lgan bolakaylar orasida sog'lom raqobat bo'lishi hamda tanish-bilishchilikning oldi olinishi muhim faktor hisoblanardi. 

Toshkentda bo'lgan uch mutaxassis 300 nafar tarbiyalanuvchi orasidan 22 nafarini o'zi tanlab oldi va bu ishga O'FA mutaxassislari aralashtirilmadi. Sentyabr oyi so'ngida esa O'FA o'z hisobidan mazkur iqtidor egalarini Madridga jo'natdi. 

2004—2008 yillar oralig'ida tavallud topgan futbolchilarimiz avvaliga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ekipirovkalar qabul qilib olgandi. Madrid shahrida ular “Real” akademiyasiga tegishli formalar bilan siylandi. Endilikda mazkur futbolchilar “Real” futbol klubi tarixi, yutuqlari bilan yaqindan tanishish, uning jahonga mashhur akademiyasi faoliyatini o'rganishi, ispaniyalik boshqa mutaxassislar qo'l ostida mashg'ulot o'tkazishi mumkin bo'ladi. 

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat futbolidagi yosh iqtidorlarni har yili shunga o'xshash loyihalar bilan qamrab olishni rejalashtirgan. Ular nafaqat futbolga bo'lgan mehr va vatanparvarlik ruhida tarbiya topishi, balki o'z orzulari yo'lida parvoz qilish imkoniyatiga ham ega bo'lishlari kerak. Ularga keyinchalik katta futbolga kirib borish nasib etadimi yoki yo'q — muhim emas. Muhimi, respublikamiz bolalarida bu kabi loyihalar orqali chegaralarning yuvilishi, ular o'zlarini jahonning mashhur klublariga juda yaqin his qilishi hamda futbol ularning hayotida yorqin xotiralarga sabab bo'lishidir.  

Madriddagi mashg'ulotlar va tadbirlar yuzasidan matbuot xizmati doimiy xabardor qilib boradi. Kelajakda o'zbekistonlik futbolchilarning Evropaning kuchli beshlik milliy chempionatlarida ham to'p surish darajasiga chiqishi uchun bu dastlabki qadamchalar deb umid bildirib qolamiz.





BestMaster
1 Oktyabr 2018, 15:20
ozbekistonlik, bolalar, «real, madrid», akademiyasida, mashgulot, boshladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads