Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegi: Men stadionda Mariano degan ovozni eshitmadim

Лопетеги: "Стадион скандировал фамилию Мариано? Я этого не слышал"

"Real" ustozi Xulen Lopetegi "Atletiko Madrid"ga qarshi uchrashuvdan so'ng OAV intervyu berib o'tdi.

O'yin haqida:

"Biz g'alaba qozona olmadik, chunki gol ura olmadik, ammo men qo'rqmasdan "Atletiko"dan o'yin borasida ustun keldik deya ayta olaman. Ayniqsa ikkinchi bo'limda. Tanaffusdan so'ng markazda "Atletiko"ga umuman to'p bermadik, biroq gol kiritmas ekansan g'alaba qozona olmaysan. "Atletiko" qarshi hujumga ixtisoslashgan klub."

Vinisius haqida:

"Braziliyalikni maydonga tushishini men xohladim, uchrashuvda bizga tezkorroq futbolchi kerak edi. Raqiblarimiz charchagan edi, shu sababli tezkor futbolchini maydonga tashlashim kerak edi".

Mariano haqida:

"Men stadiondagi muxlislar Mariano deb baqirishganini eshitmadim. Men jamoaga ayni damda kim kerakli bo'lsa o'sha insonni maydonga tushirdim. Yana bir bor aytaman bizga tezkor futbolchi kerak edi, shu sababli Vinisius maydonga tushdi."

La Liga haqida:

"Har bitta uchrashuv qiyin kechmoqda, har qanday jamoa uchun. La Liga - murakkab va raqobatdosh chempionatga aylandi. Har bir o'yinda raqiblar maksimal kuch bilan o'ynashmoqda. Biz raqiblarning ochko yo'qotishini poylamasligimiz kerak, biz o'z ochkolarimizni jamg'arishimiz zarur. Oldinda bizni uzor mavsum kutmoqda."

Beyl haqida:

"Beyl o'zini yomon xis etdi. Uning mushaklarida jarohat bor edi va men u bilan tavakkal qilishni xohlamadim. Men qo'l ostimdagi futbolchilar jarohat olishini xohlamayman. Biz allaqachon Iskoni yo'qotdik, boz ustiga Marselo ham 2 haftacha futbol o'ynay olmaydi".

Bobojonov

BestMaster
30 Sentabr 2018, 21:50
lopetegi, stadionda, mariano, degan, ovozni, eshitmadim,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads