Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl nega jarohat olaveradi?

Xabaringiz bor, Garet Beyl endi pik formasiga chiqganida jarohat olaveradi. Biz buning sabablarini o'rganib chiqmoqchi bo'ldik.

.
- Yuklab olish

Xabaringiz bor, Garet Beyl endi pik formasiga chiqganida jarohat olaveradi. Biz buning sabablarini o'rganib chiqmoqchi bo'ldik.

Kecha bo'lib o'tgan Madrid derbisida “Real” yarim himoyachisi Garet Beyl uchrashuvning 40-daqiqasida oqsoqlandi va ikkinchi bo'limda maydonga tushmadi.

 

Bu jarohat yana mushak sohasiga bog'liq bo'lishi mumkin. Futbolchining daxshatli onlari yana boshlanmoqda. So'nggi uchta mavsumda uelslik futbolchi jarohati tufayli kamida ikki oy yoki uch oy maydonga tushmadi.

O'tgan mavsum Beyl oyog' mushaklaridan jarohat olgani bois ikki haftaga. Shundan so'ng u ancha o'ziga kelolmay yurdi. 

16/17 mavsumda Beyl jarohat olish bo'yicha rekord o'rnatdi, oyog' mushakidan (yarim oyga), sonidan (bir haftaga) va to'pig'idan olgan jarohatiga ikki yarim oy sarfladi. 

Jarohatlar Beylning butun faoliyatiga jiddiy ta'sirini o'tkazmoqda. Uelslik futbolchi 26 yoshga kirdi va uning muammolari yanada jiddiylashdi. 

15/16 mavsumgacha u bir oydan o'tkazib turgandi. Uning tanasi kuchsiz va bajarayotgan ishiga mos tushmaydi.

Buni u bilan birgalikda “Tottenxem”da ishlagan Xuande Ramos ham tasdiqladi.

“Beyl ko'proq birdaniga tezlashib ketganligi tufayli jarohat oladi. O'ylaymanki, jarohatlarga uning ruhiyatiga hech qanday dahli yo'q. Mashg'ulotlarni mukammal o'tkazmaslik va sovuq ob-havo paylar cho'zilishiga va jismoniy holatda muammolar kuzatilishiga olib keladi. Lekin, jarohatlar tassodifan kelib qolishi ham mumkin.

Bunday vaziyatlarda hech narsa qilib bo'lmaydi. Agar futbolchi tezkor, kuchli va yuqori jismoniy holatda bo'lsa har qanday kontakt jarohatga olib keladi”, - deydi Ramos.

 Hozircha Beylga nima bo'lgani aniq emas, jarohatning tafsilotlari ertaga yoki dushanba kuni aniq bo'lishi mumkin. Marca nashrining xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchi “Alaves” va TsSKAga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

BestMaster
30 Sentabr 2018, 12:50
nega, jarohat, olaveradi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads