Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. Madrid jamoalari ham ochko yo'qotishdi

Ispaniya La ligasining 7-turi doirasida bo'lib o'tgan Madrid derbisi durang natija bilan tugadi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya La ligasining 7-turi doirasida bo'lib o'tgan Madrid derbisi durang natija bilan tugadi. Birinchi bo'limda "Atletiko" ko'proq xavfli vaziyatlarni yaratgan bo'lsa, ikkinchi 45 daqiqalikda ustunlik "Real" tomonida bo'ldi.

Uchrashuvdagi ilk golga tortadigan vaziyatni Simeone shogirdlari yuzaga keltirdi. 18-daqiqasida Antuan Grizmann darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga qochib ketdi. "Atletiko" hujumchisi to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'yishga harakat qildi, ammo Kurtua yuzi bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Oradan 3 daqiqa o'tib mezbonlar xavfli hujum bilan javob berishdi. Jarima to'pi o'yinga kiritilganidan keyin Beyl o'tkir burchak ostida zarba berdi. To'p olis ustun yonidan o'tib ketdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida esa Diego Kosta "Real" posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Bu safar ham Tibo jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

"Qirollik klubi" ikkinchi bo'limni ancha dadil boshladi va hujumkor o'yin namoyish qila boshladi. O'yinning 66-daqiqasida Lopetegi shogirdlari maydon markazidan raqibdan to'pni olib qo'yib, qarshi hujum tashkil qilishdi. Kroosning uzatmasidan keyin Asensio jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va darvozabon bilan yuzma-yuz holatda zarba berdi. To'p Oblakdan maydonni tark etdi.

"Matraschilar" ikkinchi bo'lim davomida  to'liq himoyalanishga majbur bo'lishdi. Mezbonlar raqib davrozasi tomon ko'p bosim qilishdi, ammo mudofaani yorib o'tish ularga nasib etmadi.

Shu tariqa, "Barselona" g'alaba qozona olmagan turda "Real" va "Atletiko" klublari ham ochko yo'qotishdi. Jadvalda "ko'k-anorranglilar" va "qaymoqranglilar" 14 ochko bilan qo'shpeshqadamlikni yuzaga keltirishgan. "Sevilya"da 13, "Atletiko" hisobida esa 12 ochko mavjud. La liga jadvalida mana shunday zichlik yuzaga keldi.

Ispaniya La ligasi, 7-tur
Real Madrid – Atletiko 0:0 (0:0, 0:0)
Real Madrid – Kurtua, Varan, Nacho, Karvaxal, Ramos, Modrich (Vaskes, 82), Kazemiro, Asensio, Kroos, Beyl (Sebalos, 46), Benzema (Vinisius Junior, 88).
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke, Rodri Ernandes (Kalinich, 85), Saul, Lemar (Korrea, 60), Diego Kosta (Parti, 69), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (30), Xuanfran (48), Lemar (59), Ramos (61), Koke (70), Nacho (90), Korrea (90).

BestMaster
30 Sentabr 2018, 01:50
liga, madrid, jamoalari, ochko, yoqotishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads