Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi “Atletiko”ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
“Futbolchi libosni kiyganda u uchun har bir o'yin muhim bo'ladi. Bu murabbiylarga ham bog'liq. Ertangi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. “Real”ning jismoniy holatida joyida. Biz qisqa davrda uchta o'yin o'ynadik aynan shu bizga ta'sir qildi. Buni “Sevilya”ga qarshi o'yinda ham ko'rdim. Odamlar natija yaxshi bo'lmasa birpasta jismoniy holatga e'tibor berishadi.
Men ertaga jangovor va shiddatli o'yin kutyapman. “Atletiko” ajoyib jamoa ularning futbolchilari kuchli.
Mavsum uzun hozir o'yin-kulguni vaqti emas. Biz Ispaniya chempioni bo'lmoqchimiz. Bu uchun bizni muxlislar qo'llab-quvvatlab turishlari kerak”, - deydi Lopetegi.