Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Chig'atoy»da Ispaniyaga safar qilayotgan bolalar kutib olindi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan "Real Madrid" klubi akademiyasi va O'FA o'rtasida tuzilgan kelishuvga asosan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 20 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi bo'yicha master klasslarda ishtirok etib, tajribalarini oshirish maqsadida Ispaniyaning Madrid shahriga yuborilayotgani haqida xabar bergan edik.

.
- Yuklab olish

“Chig'atoy” sport bazasida Ispaniyaga mahorat darslarini o'tash uchun yo'l olayotgan futbolchilarni kutib olish hamda ularning ota-onalari bilan xayrlashuv marosimini o'tkazish jarayoni bo'lib o'tdi. Yig'ilishda O'FA mutasaddilari tashrif buyurgan ota-onalarga Ispaniya safari, u erda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mahoratni oshirish bo'yicha tadbirlar, master klasslar, safar davomida tashrif buyuriladigan joylar haqida ma'lumotlar berildi. Ota-onalar va bolalar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib unga javob oldilar.

Yig'ilish so'ngida ota-onalar so'zga chiqib, ushbu tajriba orttirish safarni uyushtirib bergani uchun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonovga hamda tashkilotning barcha mutasaddilariga minnatdorchilik bildirib, ota-onalar tomonidan yozilgan tashakkurnomani taqdim etishdi. Safarga otlangan bolalar va ularni borib-kelishlarida hamrohlik qilayotgan murabbiy va mutasaddilarga oq yo'l tilashdi.

Yig'ilish nihoyasiga etgach, bolalar yotoqxonalarga joylashtirildi. Ularga 3 kunlik safar oldi o'quv-yig'in mashg'ulotlari e'lon qilindi. Shundan so'ng 29 sentyabr kuni Madridga safar qilinadi. Madrid safari 6 oktyabr kuniga qadar davom etadi.

BestMaster
28 Sentabr 2018, 19:50
«chigatoy»da, ispaniyaga, safar, qilayotgan, bolalar, kutib, olindi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads