Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Butunjahon futbol sammitida O'zbekiston delegatsiyasi bir qator uchrashuvlar o'tkazdi

Avval xabar berganimizdek, Ispaniyaning Madrid shahrida 24-25 sentyabr kunlari Butunjahon futbol sammiti bo'lib o'tdi. Ushbu sammitda O'zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. 

.
- Yuklab olish
Avval xabar berganimizdek, Ispaniyaning Madrid shahrida 24-25 sentyabr kunlari Butunjahon futbol sammiti bo'lib o'tdi. Ushbu sammitda O'zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. 

Sammit doirasida delegatsiyamiz vakillari bir qancha Evropa futbol jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazdi va bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
  Jumladan, Evropaning TOP-5 chempionatlari qatoriga kiruvchi Germaniya Bundesligasining xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Bernd Vilms bilan muzokara o'tkazildi.   Muzokara doirasida O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda Bundesliga o'rtasida bir qancha yo'nalishlar (muxlislar bilan ishlash, futbol akademiyalari, o'rtoqlik o'yinlari) bo'yicha hamkorlik qilish uchun memorandum imzolashga kelishib olindi.   Ushbu masala bo'yicha Bundesliga vakillari yaqin kunlar ichida Toshkent shahriga kelish rejalashtirilgan.   Bundan tashqari, “Real Madrid” klubiga to'g'ridan-to'g'ri xizmat ko'rsatadigan Adidas Generation kompaniyasi vitse-prezidenti Karlos Pulido bilan muzokaralar o'tkazildi. Adidas Generation kompaniyasi Adidas brendi ostida ishtirok etadigan mashhur klublar bilan o'rtoqlik o'yinlarini va o'quv-mashg'ulot yig'inlar tashkil etish bo'yicha loyihalarni amalga oshiradi. 

Dunyoning eng mashxur kompaniyalaridan biri hisoblangan “Amazon” kompaniyasi futbol sanoatida ham faoliyat yuritayotgani hech kimga sir emas. Kompaniya vakili Alessandro Tataranni bilan bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida O'zbekistonda futbol marketingini takomillashtirish va o'zbek futboli brendini rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishildi. 

Futbolning jozibadorligini oshirishda translyatsiya sifati juda katta ahamiyatga ega. Evropada bu masalaga jiddiy e'tibor qaratilib, translyatsiya borasida katta muvaffaqiyatlarga erishilgan.   Bir qancha futbol ligalariga ushbu yo'nalishda xizmat ko'rsatib kelayotgan TELLYO kompaniyasi vakili Jakob Maykovski o'z kompaniyasi O'zbekistonda ham futbol uchrashuvlari translyatsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilishini, bu borada kompaniyaning maxsus dasturini O'zbekistonda sinab ko'rish taklifini olg'a surdi.   Yaqin kelajakda ushbu komaniya bilan hamkorlikda yurtimizda futbol translyatsiyasining sifatini yaxshilash va yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilmoqda.   

Shu bilan bir qatorda O'zbekiston delegatsiyasi 26-27 sentyabr kunlari LaLiga tashkiloti va “Real Madrid” akademiyasi bilan yana bir qancha hamkorlikdagi kelishuvlar bo'yicha muzokaralar o'tkazadi.  
BestMaster
26 Sentabr 2018, 20:30
butunjahon, futbol, sammitida, ozbekiston, delegatsiyasi, qator, uchrashuvlar, otkazdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads