Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Krishtianu Ronaldu beshinchi «Oltin to'p»ni kutmoqda (yutuqlar, raqamlar)

Krishtianu Ronaldu beshinchi «Oltin to'p»ni kutmoqda. Jamoatchilik esa unga boqib, tan olyapti: «Yosh - bu shunchaki, raqam, xolos». 

.
- Yuklab olish

Krishtianu Ronaldu beshinchi «Oltin to'p»ni kutmoqda. Jamoatchilik esa unga boqib, tan olyapti: «Yosh - bu shunchaki, raqam, xolos». soccer.ru sayti ijodkorlari esa ChL-2016|2017ni raqamlar vositasida tasvirlab, portugaliyalik yulduzning o'zidangina iborat bo'lmagan «Real»ga tasanno o'qimoqdalar...

ChK|ChLning 12ta kubogi. «Real» kollektsiyasidagi klub futbolining nufuzli sovrini 12taga etdi. E'tibor bering, bu «Milan» (7 marta) va «Barselona» (5 marta)ning qo'shma natijasi bilan tengdir. Vaholanki, bu jamoalar g'alabalar soni bo'yicha «Madrid»ning eng yaqin ta'qibchisi sanaladi (shuningdek, «Liverpul» va «Bavariya» klublari ham turnirda 5 martadan g'olib chiqqan). Xullas, agar «Real» yaqin yillar ichida yana bir bora shohsupaga ko'tariladigan bo'lsa, unda o'tgan asrning 50-yillari oxiridagi holat takrorlanadi: o'sha vaqt prezident Santyago Bernabeu tomonidan yig'ilgan «Qirollik klubi»ga teng keladigan raqib yo'q edi. Siz qanday fikrdasiz, Madridda ehtimol, tarixdagi eng qudratli jamoa shakllanayotgandir...

600ta gol (faoliyat davomida). Krishtianu Ronaldu gol masalasidagi navbatdagi yubiley marrani ChL finalida zabt etdiki, buning zamirida katta ma'no yashirindek. U oxirgi 4 yilda 3 marta final yuzini ko'rdi. Portugaliyalik katta «boss» - Krishni shunday ta'riflash ham asosli! «Sporting», «MYu» va «Real» klublarida 529 va mamlakat terma jamoasida 71ta aniq zarba - bu Ronalduning futbol dahosi ekanligidan dalolat.

503ta gol (Evropa Chempionlar Ligasida). «Madrid» turnir tarixida gol urish bo'yicha oltinchi yuztalikni maydalay boshlagan birinchi jamoadir. Demak, amaldagi g'olibning oxirgi mavsumning o'zida 36ta gol hosil qilganida hayratlanarli tomoni yo'q. Har holda, «Barselona», «MYu», «Milan» va «Bavariya» kabi hujumkor klublar ham hozircha bunday marafon bilan maqtanolmaydi. Qarangki, 500-gol finalning boshlang'ich qismida aynan Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi.

105 gol (Evropa Chempionlar Ligasida). Krishtianu Ronalduning navbatdagi yangi tarixiy marrasi. To'p-urarlar reytingida ancha ortda qolgan Lionel Messi (94ta gol) hozirdan keyingi mavsumdagi bosh maqsadi sifatida yana goleadorlar ro'yxati cho'qqisiga chiqish ekanligini aytmoqda - g'azabnok holda.

96 foiz aniq uzatma (finalda). Daniel Karvaxal Kardiff finali davomida 49 marta «pas» berdi va shundan 47tasida to'p yo'naltirilgan manzilga aniq bordi - aqlga sig'mas natija! Krishtianu Ronalduda  esa uzatmalar aniqligi - 95 foiz (20ta urinishidan bittasi xato bo'ldi). Kazemiro jami 54ta «pas»dan 4tasida adashgan bo'lsa, Luka Modrich 7 marta (56ta uzatma) xatoga yo'l qo'ydi. Toni Kroos ko'rsatkichi ham ajoyib - 73ta uzatmadan atigi 6tasi noaniq. Oddiy aytganda, «Real»da to'p bilan ishlash bo'yicha chinakam daholar yig'ilishgan.

84 ball («Gol}pas» tizimi bo'yicha). Krishtianu Ronaldu mavsum-2012|2013dan buyon klubining ChLdagi naq 84ta golida bevosita ishtirok etdi. Taqqoslash uchun aytsak, Lionel Messi shu vaqt oralig'ida «Gol}pas» tizimida «atigi» 53 ochko to'pladi. Shu statistikadan xulosa chiqarsak, oxirgi 4 yilda Messining shiddati pasaygan (barqaror o'ynamayapti yoki o'ynolmayapti), Ronaldu aksincha, xuddi tank kabi kuboklarga talpinmoqda.

74,7 foiz o'yinda g'alaba. «Real» Zayniddin Zidan boshqaruvidagi o'yinlarda ajoyib statistikaga ega: jamoa o'rtacha hisobda har 4ta o'yinning 3tasini o'z foydasiga hal qilmoqda. Boshqacha aytganda, 87ta o'yindan 65tasida 3 ochkodan oldi. Umuman, Zidan bosh murabbiy sifatida atigi 7 marta mag'lubiyatga uchradi. Hattoki, fratsiyalik mutaxassisining o'zi ham bu kabi yorqin startdan umid qilmagan bo'lsa kerak. Axir qisqa vaqtda 5ta sovrin yutish...

65ta o'yinda gol (qatorasiga). «Real» barcha turnirlar hisobidan 65ta o'yinki, raqiblar golkiperiga o'z darvozasini «quruq» saqlash imkonini bermayapti. Ushbu ajoyib seriya 2016 yilning bahorida aynan ChL doirasida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan o'yin (0:0)dan so'ng boshlangan edi. O'shanda Zayniddin Zidan inglizlar kiperi Jo Xart darvozasini nishonga ololmagan shogirdlariga qattiq baqirgan ko'rinadi.

60ta rasmiy uchrashuv. «Real» yakunlangan mavsum doirasidagi har bir o'yinda gol quvonchini tuydi. Hammasi Evropa superkubogi uchun «Sevilya»ga qarshi kechgan o'yinda boshlanib, Kardiff finaliga qadar davom etdi. Madridliklar bu orada jami 173ta gol (1ta o'yinda o'rtacha hisobda 2,88ta) hosil qilishdi. Xullas, biror raqib kiperi «Real» bilan o'yinda gol qo'yib yubormaslik missiyasini uddalay olmadi. Aqlga sig'mas mavsum!

60 yil. «Real» 1957 yilning 30 may kuni jonajon stadioniga yig'ilgan 120 ming muxlis qarshisida «Fiorentina»ni engib, Evropa Chempionlar kubogi turniri g'olibiga aylangan, bungacha esa ichki chempionatda «Barselona»ni ortda qoldirgandi. Jamoadan bitta mavsum yakunida ham ichki, ham tashqi arenada g'alaba qozonishini naq 60 yil kutishdi. Qizig'i, «Madrid» bu safar ham primeroda «Barsa»ni 2-o'ringa surdi va evrokubokda italyan jamoasini sovrinsiz qoldirdi.

47 marta to'p tortib olish va 27 marta ilib olish. ChLning yana bir qahramoni - Kazemiroga tegishli statistika. Zidanning ishonchli tayanchi finalda muhim gol muallifiga aylandi va ChL yakunlari bo'yicha raqiblardan to'p tortib olish masalasida jamoasida eng yuqori natijaga erishdi (ikkinchi yaxshi ko'rsatkichga ega Daniel Karvaxalda omadli yakkakurashlar soni deyarli ikki baravar kam). To'pni ilib olish, ya'ni raqiblar harakatini buzish bo'yicha esa Kazemiro faqat Serxio Ramos va Luka Modrichdan ortda qoldi, xolos.

40ta o'yinlik mag'lubiyatsiz odim. «Madrid»barcha turnirlar  hisobidan ketma-ket 40ta uchrashuvda engilmasdan, bu borada Ispaniya rekordini yangiladi (yil boshida). Jamoa seriyasini «Sevilya» uzib qo'ydi, shundan keyin himoya zimmasiga beqiyos bosim tushdi, muhimi, Zayniddin Zidan bunday og'irlikka chidash chorasini topdi. Endi ajo-yib seriya jamoa tarixida qoladi, xuddi uning asosiy ijodkorlari kabi: Luka Modrich, Garet Beyl, Daniel Karvaxal, Marselo, Karim Benzema, Serxio Ramos, Keylor Navas va albatta, Krishtianu Ronaldu. Aytish mumkinki, ayni shu engilmaslik yurishi «Real» vakillari ruhiyatiga ijobiy ta'sir qilib, ular yanada sovuqqonroq harakatlana boshladilar.

40 marta to'pni olib chiqish. Serxio Ramos ChL davomida to'pni jamoa jarima maydonidan olib chiqish bo'yicha «Real»da eng yuqori ko'rsatkichga erishdi. Himoya bobida Rafael Varan ham chakki o'ynamadi - 35 marta omadli urinish. Marselo va Daniel Karvaxal esa o'z jamoalari jarima maydoni ichida 14 martadan xavfni bartaraf etishdi. Keylor Navas ba'zan xatolarga yo'l qo'ydi, ammo himoya ishonchli edi.

33ta chempionlik unvoni. «Real»ning oxirgi yillarda mutlaqo kuchaygani - fakt. Oldinlari jamoaga barchasini o'ziniki qilish uchun strategik ayyorlik etishmasdi, go'yo. Endi esa Zayniddin Zidan rotatsiyaga keng e'tibor berib, yana 2ta eng nufuzli sovrinni ta'minladi. Shu tariqa «Madrid» har ikki yo'nalishda «Barselona» bilan o'rtadagi farqni yanada oshirdi. Ispaniya chempionligi: «Real» - «Barselona» - 33:24; ChL g'olibligi: «Real» - «Barselona» - 12:5.

21 yoshu 133 kunlik. Kardiff finaliganuqta qo'ygan gol muallifi - Marko Asensio hal qiluvchi bahsda raqib darvozasiga yo'l topgan «Real»ning eng yosh vakiliga aylandi. Albatta, Lars Rikken, Karlos Alberto («Portu») va Patrik Klyuyvert finalda gol urishganida, Asensiodan yoshroq bo'lishgan. Deylik, gollandiyalik yulduz 18 yoshu 327 kunligida final qaydnomasiga gol muallifi sifatida kirgandi. Ammo yana bir e'tiborli fakt shuki, Janluiji Buffon «Parma»da debyutini nishonlagan vaqt Asensio hali tug'ilgan emasdi.

19,5ta zarba (o'rtacha hisobda). «Real» ChLning bitta o'yinida raqib darvozasi tomon o'rtacha hisobda deyarli 20 marta zarba yo'lladi. Aniqrog'i, 19,5ta urinish (turnir bo'yicha eng yaxshi natija)dan 7,1tasi aniq chiqqan. Butun turnir davomida atigi 2ta gol qo'yib yuborgan Janluiji Buffonni finalda 4 bora ojiz qoldirish uchun esa atigi 5ta aniq zarba kifoya qildi. Umuman, ChLda «Real»ning  38 foiz zarbasi gol bilan tugadi. Demakki, deyarli har 2,5ta zarbada 1ta gol!

13ta o'yin. Krishtianu Ronaldu ChL-2016|2017da 1200 daqiqadan ko'proq to'p surib, raqiblar darvozabonlarini 12 bora ranjitdi. U barcha o'yinlarni boshlang'ich tarkibda boshlagan  «Real»ning yagona vakilidir.

11ta xalqaro turnirning 10tasida g'alaba. Yana bir ajoyib natija: oxirgi 11ta xalqaro turnirdan 10tasi ispan jamoalari g'alabasi bilan yakunlandi. «Sevilya» ELda 3 bora kubok sohibiga aylangan bo'lsa, «Barselona» ChL va Evropa superkubogida zafar quchdi. Qolgan 5ta yutuq «Real»ga tegishli va madridliklar 6-sovrinni yutish imkoniyatiga ham egalar. Buning uchun avgust oyiga belgilangan Evropa superkubogi o'yinida «begona» - «MYu»dan ustun kelsalar, bas.

10 nafar ishtirokchi. Kardiff finalida «Real» tarkibida maydonga tushgan 10 nafar futbolchi 2014 yili «Atletiko»ga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsda ham qatnashgandi. Zayniddin Zidanning oxirgi 2 yildagi finallar uchun tanlagan boshlang'ich tarkibi esa 2ta o'zgarish bilan bir-biridan farqlandi: Pepe - Rafael Varan, Garet Beyl - Isko. Shuning barobarida Isko «San-Siro»dagi finalda zaxiradan maydonga tushgandi. Oddiy aytganda, «Real» ChLdagi 3ta g'alabani deyarli bitta tarkib bilan rasmiylashtirdi - shunchaki, aql bovar qilmas natija.

10ta gol (ChL «pley-off» bos-qichida). Krishtianu Ronaldudan mavsumning yana bir to'purarlik rekordi. E'tibor qarating, guruh bosqichida atigi 2ta aniq zarba yo'llagan portugaliyalik futbolchi o'z gollarini «Bavariya» (5ta), «Atletiko» (3ta) va «Yuventus» (2ta)ga saqlab qolgan ekan. Ha, Krishtianuning hal qiluvchi uchrashuvlarda nisbatan sust harakatlanishi haqidagi fikr-xulosalar chilparchin bo'ldi.

7ta gol. Krishtianu Ronalduning Janluiji Buffon darvozasiga yo'llagan gollari soni 7taga etdi. Tushunarliki, ChL tarixida hech bir futbolchi italyan kiperini bunchalik ko'p ranjitgan emas. Umuman, ko'plab jamoalar Jiji darvozasini loaqal bir bora nishonga olishga zor.

7ta qo'shimcha mashg'ulot. KrishtianuRonaldu yaxshi sport formasini saqlab turish uchun haftasiga 7 marta qo'shimcha tarzda shug'ullanadi. Tabiiyki, unda dam olish kunlari ham bor, «Real» mashg'ulotlarida qatnashish uchun vaqt topishi ham tayin. Portugaliyalik yulduzning bo'rtib chiqqan mushaklari siri oddiy - mashg'ulotlar, to'g'ri taomlanish qoidasi va tartib-intizom. Aytaylik, Krishtianu alkogol ichimliklarini mutlaqo iste'mol qilmaydi, hazmi og'ir taomlardan tiyiladi. Dush Santush Aveyru aynan shu tartibli hayot evaziga 32 yoshida ham ajoyib sport formasida. Tug'ma daho va iqtidorlar bor, ammo Ronaldu barchasiga tinimsiz mehnat va tartib-intizom tufayli erishdi. Uning salomatligi mustahkam va quvvati ham kam emas, biroq 32 yoshida 93 million evroga teng yillik daromadga qaramay, asosiy mashg'ulotlardan tashqari, haftasiga 7 marta shug'ullanishdan erinmayotgani - barchaga o'rnak. Ha, Ronaldu dangasa yigit emas!

6 nafar futbolchi. Krishtianu Ronaldu ChLning 1ta finalida 2ta gol urgan Diego Milito, Filippo Inzagi, Ernan Krespo, Karl-Xaynts Ridle va Daniele Massaro qatoriga qo'shildi. Bunday natijaga oxirgi marta Milito erishgandi - 7 yil avval. Umuman, «Real» etakchisi bu ro'yxatga kirgan Ispaniya futbolining yagona vakilidir. Finalda qayd etilgan 6ta «dubl»dan 4tasi «A» seriyasi ishtirokchilari nomiga yozilganini ham alohida aytish o'rinli.

5ta «Oltin to'p». Krishtianu Ronaldu yil yakunida eng zalvorli shaxsiy sovrin soni bo'yicha Lionel Messi bilan tenglashib olishi mumkin. Birinchidan, u «Real»da turli yutuqlarga ko'mildi, ikkinchidan, terma jamoasida ham chakki ko'ringani yo'q, uchinchidan, endi Rossiyada o'tadigan Konfederatsiyalar kubogida qatnashadi. Xullas, voqealar shunday davom etsa, argentinalikka alohida murojaat etishga to'g'ri keladi: «Senor Messi, iltimos, sal nari surilsangiz, endi taxtda yagona rekordchi emassiz».

5 mavsum. Krishtianu Ronaldu 2013 yildan buyon har safar ChL bosh to'p-urari maqomiga erishmoqda. Uning shaxsiy rekordi - 17ta gol (2014 yil). Biroq Krishtianuning bu safargi 12ta goli o'sha 17tadan ham ahamiyatli bo'ldi, deyish mumkin.

5ta samarali uzatma. Krishtianu Ronaldu va Daniel Karvaxal 5tadan golga hammualliflik qilib,«Real»ning evromavsumdagi bosh assistentlari bo'lishdi. Umumiy hisobda aytsak, Zayniddin Zidanning naq 13 nafar shogirdi gol assistenti rolini bajardi.

4ta kubok. Krishtianu Ronaldu hisobidagi EChL bosh sovrini 4taga etdi va u xuddi Joze Mourino kabi kuboklar nusxasiga buyurtma berib, uyida muzey burchagiga asos solishi mumkin. Aytish o'rinli, Krishtianu turnirdagi g'alabalar soni bo'yicha Lionel Messiga etib oldi. Futbol tarixida atigi 4 nafar futbolchi asosiy evroturnir sovrinini ko'proq yutgan - Frantsisko Xento («Real») - 6 marta; Alfredo di Stefano («Real») - 5 marta; Alessandro Kostakurta («Milan») - 5 marta; Paolo Maldini («Milana») - 5 marta. Shuningdek, Klarens Zeedorf, Xavi, Andres Inesta va Jerar Pike ham xuddi Messi hamda Ronaldu kabi bosh sovrinni 4 marta yutishgan.

3ta final. Krishtianu Ronaldu yana ChLning 3ta finalida gol urgani bilan maqtanishi mumkin. U bu borada tarixdagi yagona futbolchidir. Portugaliya  faxri «MYu» safida bir marta va «Real»da ikki bora hal qiluvchi o'yin natijasiga o'z gollari bilan ta'sir o'tkazdi.

2,8ta uzatma. Toni Kroos ChLning 1ta o'yini davomida (o'rtacha hisobda, albatta) o'z sheriklarini 2,8 marta zarba yo'liga chiqardi va bu «Re-al»dagi eng yaxshi natijadir. Bu borada Marselo (2,1ta «pas»), Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu (1,5tadan «pas»)ning natijasi ham chakki emas. Lekin birgina Tonining o'zi 32ta xavfli vaziyat yaratganki, bu kishini hayratga soladi.

1ta klub. ChL tarixida 1ta jamoa ketma-ket 2 bora bosh sovrin sohibiga aylandi - nomini aytish shart emas.«Real» shuningdek, ChL tarixida final o'yinlarida 2 bora 4tadan gol urgan birinchi jamoa bo'ldi. Madridliklar birinchi marta «Atletiko»ni 4ta gol bilan «siylagandilar». «Milan»ga esa finalda 4ta gol urish bir marta nasib etgan, italyanlar «Barselona»ni tor-mor qilishgandi - 4:0.

ChL-2016|2017 ramziy terma jamoasi (soccer.ru sayti talqini)

Janluiji Buffon («Yuventus») - Daniel Karvaxal («Real»), Diego Godin («Atletiko»), Jorjo Kellini («Yuventus»), Marselo («Real») - Dani Alvesh («Yuventus»), Luka Modrich («Real»), Kazemiro («Real»), Toni Kroos («Real») - Krishtianu Ronaldu («Real»), Kilian Mbappe («Monako»). Bosh murabbiylar: Zayniddin Zidan («Real»), Massimiliano Allegri («Yuventus») va Leonardu Jardim («Monako»)

Umid uyg'otganlar terma jamoasi

Moraes Ederson («Benfika», 23 yosh) - Benyamin Xenriks («Bayer», 20 yosh), Jonatan Ta («Bayer», 21 yosh), Xose Ximenes («Atletiko», 22 yosh), Benjamin Mendi («Monako», 22 yosh), Bernardu Silva («Monako», 22 yosh), Yulian Vaygl («Borussiya» D., 21 yosh), Marko Asensio («Real», 21 yosh), Toma Lemar («Monako», 21 yosh) - Usmon Dembele («Borussiya» D., 20 yosh),  Kilian Mbappe («Monako», 18 yosh)

BestMaster
17 Iyun 2017, 13:00
krishtianu, ronaldu, beshinchi, «oltin, top»ni, kutmoqda, yutuqlar, raqamlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
Nosirov
 Nosirov  
Bale ranalduboy.
17 Iyun 2017, 13:42
CR7_BAHROM
 CR7_BAHROM  
Ajoyib mahsuldorlikku
17 Iyun 2017, 20:22
Cristi_Ronaldu
 Cristi_Ronaldu  
Shunchaki daxshatning o'zginasi boshqacha ta'riflab bo'lmaydi; olg'a Real Madrid, olg'a Cristiano Ronaldo...
18 Iyun 2017, 08:07
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads