Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» qiyin g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida Madridning "Real" klubi o'z uyida "Espanol"ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida Madridning "Real" klubi o'z uyida "Espanol"ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi.

Lopetegi boshlang'ich tarkibga Beyl, Marselo va Kroosni kiritmadi. Shu bois bo'lsa kerak, "Qirollik klubi" kataloniyaliklarga qarshi o'yinda katta ustunlikka erishishmadi. Aksincha, "Espanol" bir nechta xavfli vaziyatlarni golga aylantira olganida, madridliklar ochko yo'qotishlari mumkin edi.

Birinchi bo'limda Kurtua yaxshi harakat qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda darvoza to'sini "Real" joniga oro kirdi. O'sha pallada Ramos qo'pol xatoga yo'l qo'yib, to'pni raqibga berib qo'ygandi.

Birinchi bo'limning 41-daqiqasida Marko Asensio aniq zarba bilan hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. VAR yordamida vaziyat qayta ko'rib chiqildi. Xulosa: Modrich pas berayotganida Asensio ofsaydda emas edi.

Shu tariqa, "Madrid" qiyin bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdi hamda vaqtinchalik bo'lsa-da La liga jadvalida 1-o'ringa ko'tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 5-tur
Real Madrid – Espanol 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – 41 Asensio.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Nacho, Odriosola, Ramos, Sebalos (Vaskes, 63), Kazemiro, Isko (Lorente, 79), Modrich, Asensio, Benzema (Dias, 60).
Espanol – Lopes, Naldo, Vila, Lopes, Ermoso, Mark Roka, Granero, Pyatti (Baptistao, 55), Darder (Sanches, 55), Peres (Garsiya, 70), Iglesias.
Ogohlantirishlar: Nacho (6), Mark Roka (26), Lopes (45), Kazemiro (77).

BestMaster
23 Sentabr 2018, 01:50
liga, «real», qiyin, galabaga, erishdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads