Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegi: Bu hali boshlanishi

"Real" ustozi Xulen Lopetegi "Roma"Ga qarshi uchrashuvdan so'ng press-konferensiyada qatnashdi.

Ikkita gol, ko'plab imkoniyatlar yaratadi...

"Uchta gol (kuladi). Kamaytirmang!

Xa, kechirasiz. Bu sizning mavsumdagi eng yaxshi uchrashuvingiz?

"Xa, biz Chempionlar Ligasida yaxshi o'yin ko'rsatdik. "Roma" kuchli raqib ular o'tgan yili final ostonasidan qaytishdi, "Atletiko" va "Barselona" turnirdan chiqarib yuborishdi. Bugun biz bu g'alabadan xursandmiz."

Bu jamoa sizning g'oyalaringizni bajaryapdimi? Shuningdek, Keylor Navas endi butunlay Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida maydonga tushadimi?

"Biz birgalikda 2 oydan beri shug'ullanyapmiz. Bu hali endi boshlanishi, hammasi oldinda, lekin biz doimo mehnat qilishizmi kerak. Biz har bitta uchrashuvda maksimum kuch bilan to'p surishimiz zarur. 3 kundan keyin biz "Espanyol"ga qarshi murakkab o'yin kutib turubdi. O'sha uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Darvozabonlar to'g'risida sizlarga hech narsa deya olmayman. Menda 2 ta kuchli teng kuchli darvozabon bor."

Mariano 20 daqiqalik o'yinda maydonga tushib, raqiblari darvizasiga gol kiritdi. U maydonga chiqqunga qadar unga nima dedingiz? Mariano bu mavsumda sizga nima beradi? Undan nimalar kutmoqdasiz?

Men unga to'qqizlikga to'p kiritishini aytdim u eshitdi (kuladi).. Yo'q, yo'q...Bu bola bugun o'zining stadionida debyut qildi. U jamoadagi barcha bilan fantastik munosabatda. U yaxshi o'yin ko'rsatdi va shedever gol kiritdi. Undan qoniqmoqdamiz."

Garet Beyl haqida:

"Men unga baxo berishni xohamayman. Bizning jamoa bugun ko'rganingizday, biz bir jamoamiz, bizda ajoyib jamoa bor. Ronaldu ketganidan so'ng Beyl o'zini erkin xis qilayotgani haqidagi savolingiz no o'rin. Jamoada barcha o'zini erkin xis etayapdi. Garet yaxshi o'ynadi, lekin men jamoamda alohida futbolchilarga to'xtalishni istamayman. Butun jamoa yaxshi o'ynadi."

Iskoning jismoniy xolati haqida:

"Uchrashuv yuqori tempda o'tkazildi va 2-bo'limda Isko ko'p mehnat qildi. Isko to'p bilan juda yaxshi munosabatda bo'ldi va himoyada ham yordam berib turdi. Shuningdek, Modrich, Toni Kazi va himoyachilar barchasi kuchli o'yin ko'rsatdi."

Bobojonov

BestMaster
20 Sentabr 2018, 12:10
lopetegi, hali, boshlanishi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads