Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Beyl «Real»dan ketishi kerakmi?

“Real Madrid”ning uelslik hujumchisi bu yozdayoq unga kelib tushayotgan takliflarni qabul qilib, jamoasini almashtirishi kerakmi? 

.
- Yuklab olish

“Real Madrid”ning uelslik hujumchisi bu yozdayoq unga kelib tushayotgan takliflarni qabul qilib, jamoasini almashtirishi kerakmi? Goal nashri bu haqda to'xtalib o'tdi.

Garet Beylning jamoani tark etishi haqidagi vaziyat bir necha oylar oldin kulgili bo'lgan bo'lishi mumkin. Biroq, so'nggi vaqtlarda uelslik futbolchining jamoadagi kelajagi so'roq ostida qoldi. Uning ko'plab jarohatlar olishi Iskoning “qayta tug'ilishiga” sababchi bo'ldi va BBC uchligiga barham berildi.

Klub bilan amaldagi shartnomasi 2018-yilgacha amal qiladigan Isko aql bovar qilmas o'yinlarini namoyish etdi va jamoaga barqarorlik bahsh etdi. Ayniqsa, Isko xavfli vaziyat yaratish uchun faqat qarshi hujumga suyanish ehtiyojini kun mavzusidan olib tashlashiga yordam berdi.

La Liga doirasida “Atletiko Madrid”ga safar uchrashuvida Zidan Iskoni asosiy tarkibga kiritdi va bu tanlovda adashmadi. Ko'rsatgan o'yini evaziga Isko so'zsiz asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Andalusiyalik futbolchining cho'qqiga chiqishi Ronalduning to'purarlik qobiliyati tushishi va jamoaning hujumdagi ishlari o'ngidan kelmayotgan bir paytga to'g'ri kelishi uning imkoniyatlarini oshirib yubordi. Yaqinda bergan intervyusida futbolchi amaldagi shartnomasini uzaytirishga yaqin ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Beyl uchun barchasi tugadimi? Isko La Ligada 30, Chempionlar Ligasida 6 uchrashuvda ishtirok etdi. « Yuventus »ga qarshi kechgan final bahsida ham asosiy tarkib o'yinchisi bo'ldi. Bu paytda Beyl zahirada navbatini kutib o'tirdi.

Voqealarning bunday rivojlanishi Beylning kelasi mavsumda ham zahira o'yinchisi bo'lishiga olib kelishi mumkinmi ? Bu mavsumda ko'rdikki, Zidan raqibga qarab asosiy tarkib o'yinchilarini tanlashi, hatto Ronalduga ham dam olishi lozimligini ko'rsatgach, Beylning kelajagi so'roq ostida qolishini tushunishimiz mumkin.

Beylning « Real »dagi yaqin kelajagi uning statusi o'zgarishi va o'yin amaliyotining qisqarishi bilan kechishi aniq. Yaqin paytlargacha Ronaldu – Messi qarama-qarshligini aynan uelslik super yulduz to'xtatishi haqida taxminlar bor edi.

Xo'sh, Beyl jamoani tark etadigan bo'lsa, uni qaysi jamoada ko'rishimiz mumkin ? So'nggi vaqtlarda unga qiziqish bildirayotgan « Manchester Yunayted » va Evropaning bir qator grand jamoalari yuqori tezlikka va kuchli jismoniy ko'rsatkichlarga ega Beylni o'z safida ko'rishni istashi mumkin.

Demak, Beyl uchun tanlash vaqti keldi. Jamoada qolib asosiy tarkib uchun kurashishni davom ettirishi kerak. Bunda to'pni o'zida ushlab turishni biladigan, o'yinni yaxshi o'qiy oladigan Isko bilan bo'ladigan kuchli raqobatga tayyorgarlik ko'rishi kerak. Yoki jamoani tark etib yangi chaqiriqlarni qabul qilishi lozim bo'ladi. Mavsumoldi tayyorgarliklar mobaynida bu haqida o'ylab olish uchun ayni payti.

BestMaster
16 Iyun 2017, 22:00
«real»dan, ketishi, kerakmi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 4
 2422  
Benzema keta qolsin unda
16 Iyun 2017, 23:54
 isko  
hozir isko beyldan kuchli
17 Iyun 2017, 00:04
 real2303  
Ketiwkere benzeyam ketsin morata ronaldo hamma ketsin realdi tarqavorishadi bu jurnalistlar te tursa
17 Iyun 2017, 01:51
james
 james  
Ана холос
17 Iyun 2017, 02:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads