Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

RealBlancos.uz 5 yoshga to'ldi!!!

Maktab davri hech bir insonning qalbidan o'chib ketmaydi, o'sha to'qqiz yoki o'n bir yillik davrini unutmaydi hech qachon, ajoyib davr. Maktab hayotiy davr bo'lsa, ushbu maqolani o'qiyot oninggiz hayoliy hayotingizdir. Undagi eng ajoyib davr esa, ushbu sayt bo'lgan va bo'lmoqda. Biz yarim maktab davridan beri sinfdoshmiz ya'ni saytdoshmiz. Bugun bu davrga 5 yil to'ladi, qadrli saytdoshim.

Ha azizlar, bugun realblancos.uz 5 yillik davrni bosib o'tadi va bu davrda sayt bilan bo'lgan barchaga chuqur minnaddorchilik bildiradi hamda kelgusida ham o'z foydalanuvchilarga ishonadi. Barchani bu ajoyib davr va yaratilish kuni bilan tabriklaymiz.

Besh yil RealBlancos.uz bilan

Besh yil davomida, biz bir katta oiladek bo'ldik, ushbu sayt qancha-qancha do'stliklarga, har turli munosabatlarga guvohlik va be vosita sabablik ham qildi. Saytning asosiy maqsadi har bir viloyotlardagi futbol va asosan Ispaniyaning ,,Real Madrid" klubi muxlislarini bir joyga toplashdan iborat bo'lib, mana besh yildirki (ko'pchiligingiz bilan undan ham oldindan tanishmiz) uzluksiz shu maqsadda faoliyat yuritib kelmoqda va bundan keyin ham shu yo'sinda tinimsiz ishlash niyatida. Albatta, buning uchun, sayt a'zolarining ko'magi lozim bo'ladi, doim shunday. Saytda yuzerlarning o'rni beqiyos va juda ham qadrlidir.

Xo'sh, endi bu vaqt ichida, sayt qanday ishlarni bajarganiga ham bir oz to'xtalib o'tsam, albatta bu qiziq, kuzating...

Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar soni: 9.369

Kiritilgan xabarlar soni: 19.736 ta

Kiritilgan bloglar soni: 981

Bu sondagi ko'rsatgich hisoblanadi. Bundan tashqari bloggerlar tamonidan har turdagi 10 dan ortiq qiziqarli loyihalar tashkil etildi. Xatto sayrlar orasida ham bellashuvlar ishlandi. www.realblancos.uz koplab loyihalar yaratdi, yangi loyihalar ishladi. Shuningdek, har yil yakunlarida, ,,Eng yaxshilar" tanlovi o'tkazilib keladi. Yana bir muhim omillardan biri, sayt doim ishonchli xabarlarni, rasmiy saytlardan olgan xolda kiritishi bilan boshqa saytlardan ajralib turadi. Ya'ni ushbu saytda siz doimiy ishonchli xabarlar o'qishingiz mumkin.

Sizga 5 yillik faoliyatning juda qisqa ko'rinishini keltirib berdim. Albatta bu yo'lda, qiyinchiliklar, mashaqqatlar va to'siqlar uchradi. Bu vaziyatlarda ko'plab saytning do'stlari birga bo'ldilar va bo'lyapdilar. Realblancos.uz hech bir yordamni va hech kimni unutmagan. Moddiy ko'makchilar(do'stlar), sayt yaratuvchisi(nyuton) newmakerlar, bloggerlar, adminlar va eng muhim bo'lganlar, sayt foydalanuvchilari. Har birining sayt faoliyatidagi o'rni beqiyos bo'lsa,  foydalanuvchilar saytning yuzi bo'lib kelyapdi. Bu davrda biz bilan bo'lgan barcha-barchaga yana bir bor minnaddorchilik bildiramiz. Bugun  barchaning bayram kuni. Bugun sizning saytinggiz kuni, tabriklaymiz qutlaymiz!!

Darvoqe, bu sayt haqida so'nggi yangilik emas tez fursatda saytda qiziqarli loyihalar va yana saytda bemalol fikr bildirishingiz uchun yanada qulayliklar yaratiladi.

Sayt ma'muryati!

BestMaster
15 Sentabr 2018, 00:10
realblancosuz, yoshga, toldi!!!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
uuuuuuuu
 uuuuuuuu  
Гап юк саетга омад
15 Sentabr 2018, 07:48
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads