Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Portugaliyalik jurnalist Ronalduning «Real»ni tark etmoqchi ekanini tasdiqladi

Portugaliyaning Sic telekanali jurnalisti Nunu Lush «Real» muxlislarini ranjitadigan yangilikni ma'lum qildi.

.
- Yuklab olish

Portugaliyaning Sic telekanali jurnalisti Nunu Lush «Real» muxlislarini ranjitadigan yangilikni ma'lum qildi.

Krishtianu Ronaldu bilan yaqindan tanish bo'lgan jurnalist, 32 yoshli futbolchining jamoani tark etish niyati jiddiy ekanini aytdi.

«Krishtianu Ronaldu Ispaniyani tark etmoqchi. U soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanmoqda. Ronaldu buni o'z obro'siga katta ziyon etkazdi va klub uni etarli darajada himoya qilmayapti deb hisoblamoqda. U o'zining aybsiz ekanini aytgan bo'lsa-da, hech kim uning yonini olmayotganidan xafa.

Krishtianu bu gaplarni ochiq aytolmaydi, biroq «Real» uni himoyasiz qoldirayotganiga ishonchi komil. Chunki futbolchilar bilan bog'liq shunga o'xshash vaziyatlarda klub boshqacha ish tutgan.

Menimcha, «Real» futbolchi atrofidagi voqealar yuzasidan rasmiy bayonot berishi kerak. Krishtianuga Ispaniya yoqadi, u Madridni yaxshi ko'radi. Sevimli qizi ham ispaniyalik. Biroq u o'zini himoyalangandek his qilmayapti va bundan g'azabda» - dedi Lush Marca xabarida.

BestMaster
16 Iyun 2017, 20:00
portugaliyalik, jurnalist, ronalduning, «real»ni, tark, etmoqchi, ekanini, tasdiqladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 marko  
Hammasi yaxshi bo'ladi! Cri Ro sen bizga keraksan!
16 Iyun 2017, 20:20
 qwert  
BATTAR BO'L
16 Iyun 2017, 22:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads